Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


Yurak qisqarish funksiyasiga simpatik va parasimpatik nervlar ta`siri


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

Yurak qisqarish funksiyasiga simpatik va parasimpatik nervlar ta`siri.
1.6 rasm. Yurak nerv innervatsiyasi
Nervlar ta`siridan oldin quyidagilarni aytib o`tsak.
1) Yurak qisqarish soni(xronotrop xususiyat)
2) Yurak qisqarish kuchi(inotrop xususiyat)
3) O`tkazuvchanlik(dromotrop xususiyat)
4) Qo`zg`aluvchanlik(batmotrop xususiyat)
Simpatik nervlar ta`siri. Simpatik nerv yuqoridagi xususiyatlarga musbat ta`sir
qiladi ya`ni oshiradi.
Simpatik tizimning preganglionar tolalari yuqorigi 5 ta ko`krak(th1-th5) sohasidan chiqib
yuqorigi ko`krak umurtqasi sohasida yulduzsimon tugunni hosil qiladi. Shu tugundan
post ganglionar tolalar chiqadi, parasimpatik nervdan farqli ravishda yurakda deyarli bir
xilda tarqalgan. Simpatik nerv ta`sirlanganda yurak qisqarish soni va kuchi oshadi.
Mediatori-noradrenalin(NA).


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Katexolaminlarning ta`siri. Yurakda joylashgan betta 1 adrenoretseptorga(AdR) NA
ta`sir qilib, Gs oqsili orqali adenilatsiklaza fermenti faolligini oshiradi. Bu ferment ATF
dan S-AMF hosil qiladi. S-AMF esa proteinkinaza A ni faollaydi. Bu proreinkinaza bir
tomondan membaranadagi kaltsiy kanalini fosforlab ochib beradi va hujayra ichida
kaltsiy miqdori oshadi, bu esa yurak qisqarish kuchini va chastotasini oshiradi(SA va
kardiomiotsitlarga ta`siri orqali). Ikkinchi tomondan esa glikogen parchalanishi va
glyukoza fosforlanish jarayoni ketib, kardiomiotsitlar uchun energitik manba hosil qiladi.
Betta adrenoretseptorlar qorinchalarda ancha zich joylashgan bo`ladi. Betta 1 va betta 2
tiplari yurak o`tkazuvchi tizimi va kardiomiotsitlarda joylashgan bo`ladi(deyarli 80%
qismi betta 1 dan iborat). Betta 2 adrenoretseptor(AdR)ni xronotropeffekti yuqoriroq,
sababi o`tkazuvchi tizimda yetarlicha ko`proq joylashgan. Betta 2 AdR ni yurakdagi
asosiy funksiyasi metobolizm regulyatsiyasi. Ayniqsa yurak yetishmovchilik holatida bu
retseptorlar ancha muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, betta 1 AdR ga nisbatan
desensitizatsiya
*
sekin rivojlanadi.
*desensitizatsiya fenomeni-katexolaminlarga nisbatan adrenoretseptorlarning sezuvchanligini
yo`qolishi. Himoya reaksiyasi bo`lib haddan ortiq katexolaminlar ta`siri tufayli kelib chiqadi.
Mexanizmi asosida AdR ni fosforlanishi yotadi, qaytar jarayon bo`lib turli kinazalar ta`sirida dastlabki
tuzilishini tiklaydi.
Yurak ishiga alfa adrenoretseptorlar ta`sirini o`rganishda propranolol (betta
adrenoblokator vosita) bilan tajriba o`tkazishgan. Bu tajribada simpatik nerv 30-60 sek
davomida maksimal ta`sirlantirilgan va propronolol bilan betta AdR ni bloklashgan.
Maksimal ta`sirlanishga qaramay yurak qisqarish soni va kuchi o`zgarmagan. Bundan
kelib chiqadiki yurak ishida alfa AdR ahamiyati deyarli yo`q.
Simpatik stimulyatsiya yosh insonda yurak qisqarish sonini 70 dan 200 tagacha hattoki
250 tagacha oshirishi mumkin. Bundan tashqari simpatik nervlar yurak qisqarish kuchini
2 marta oshirishi mumkin, bu esa zarb hajmi va sistolik bosim oshishiga olib keladi.
Shunday qilib simpatik stimulyatsiya yurak ishini 2-3 marta oshirishi
mumkin(qo`shimchasiga Frank-Starling mexanizmi ham qatnashadi). Boshqa tomondan,
simpatik nervni tormozlasak yurakning nasos funksiyasiga ta`siri kuchsiz bo`ladi. Yurak
ishi ko`pi bilan 30% pasayadi. Bu shundan dalolat beradiki yurak past chastotada bo`lsa
ham doimiy simpatik innervatsiya oladi.

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling