Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

Yurak muskulllari fiziologiyasi.
Yurak asosiy uch guruh muskul to`qimasi:tipik bo`lmachalar muskullari, tipik
qorinchalar muskullari va atipik muskullardan iborat yurak o`tkazuvchi tizimidan iborat.
Bo`lmacha va qorincha muskullari qisqarishi xuddi skelet muskullari qisqarishidek
boradi, lekin uzoqroq davomiylikka egaligi bilan farqlanadi. O`tkazuvchi tizimning
atipik muskullarida miofibrillalar kam, ularning asosiy vazifasi avtomatik ravishda
impuls hosil qilish va uni qisqaruvchi bo`lmacha hamda qorincha muskullariga o`tkazish.
Yurak muskullari struktur-funksional xususiyatlari
Yurak miokardial tolalari tarmoqlanadi va keyin o`zaro tutashib to`r hosil qiladi.
Shunday qilib skelet muskullari kabi ko`ndalang targ`illik hosil qiladi. Bular aktin va
miozin tolalaridan iborat tipik miofibrillalar hisoblanadi. Skelet muskullarida bular
o`zaro parallel joylashgan bo`ladi va qisqarish protsessida bir biriga tomon sirg`anadi.
Yurak miokardi skelet muskullariga nisbatan bir qancha farqlarga ega.
1.2 rasm. Miokardning sinitsial tuzilishi.
1-2 rasmda miokardning sinsitial tuzilishi keltirilgan. Bunda to`q(qora) chiziqlar
oraliq disklar bo`lib, miokardial tolalarni ajratib turadi. Shunday qilib miokard har bir
tolasi alohida alohida kardiomiotsitlardan iborat, ular o`zaro uzluksiz va parallel
birlashadi. Hujayra membranalari oraliq disklar sohasidabir biri bilanyuqori ion
o`tkazuvchi xususiyatli bo`shliq birikmalar(gap junctions) bilan birikadi. Miokardning
muhim funksional xususiyatlaridan biri hujayra ichi suyuqligi bo`ylab ionlarning erkin
harakatlanishi hisoblanadi. Bu esa oraliq disklar orqali harakat potensialining(HP)
hujayradan hujayraga qarshiliksiz tarqalishini ta`minlaydi. Bu yerda sinitsial(funksional


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
birikuv, aloqa) tuzilish katta ahamiyatga ega, sinitsial tuzilish tufayli bir hujayrada hosil
bo`lgan HP butun miokardga tarqaladi.
Yurak ikki xil funksional sinsitiylardan iborat: bo`lmacha va qorinchalar
sinsitiylari. Ular o`zaro atrioventrikulyar fibroz to`siq bilan ajralgan, fibroz to`siqda
yurakning ikki va uch tabaqali klapanlari joylashgan bo`ladi. Bo`lmacha va qorincha
sinitsial miokardi to`g`ridan to`g`ri aloqa qila olmaydi. HP maxsus o`tkazuvchi tizim
orqali bo`lmachadan qorinchaga tarqaladi(bu haqida keyingi bobda batafsil gaplashamiz).
Ikki xil funksional sinsitiylarning borligi yurak nasos funksiyasi uchun ahamiyatli
bo`lgan bo`lmacha qorincha qisqarish ketma-ketligini ta`minlashda muhim ahamiyatga
ega.

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling