Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


-3 rasm. Yurak muskullarida harakat potensiali


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

1-3 rasm. Yurak muskullarida harakat potensiali
Harakat potensiali uzoq davom etishi va plato fazasi hosil bo`lishi mexanizmi.
Shunday savol qo`yishimiz kerak: nima uchun kardiomiotsitlarda HP uzoq davom
etadi va skelet muskulidan farqli ravishda plato fazasiga ega?
Karidiomiotsitlarda HP uzoq davom etishi hamda plato fazasi mavjudligi asosida
kardiomiotsit membranasining o`ziga xos 2 xususiyatiga bog`liq.Birinchidan, HP skelet
muskullarida tez natriykanallari aktivlanishi va Na
+
ionlarining hujayra tashqarisidan
hujayra ichiga massiv kirishiga bog`liq(bu jarayon sekundning bir necha mingdan bir
bo`lagida sodir bo`ladi) va shu holatda repolyarizatsiya rivojlanib(bu jarayon ham
sekundning bir necha mingdan bir bo`lagida yakunlanadi) HP yakunlanadi.HP yurak
muskullarida vujudga kelishida 2 ta ion kanal qatnashadi. 1) tez natriy kanallari(skelet
muskullari kabi), 2) sekin kaltsiy kanallari(shuningdek, natriy-kalsiy kanali deb ham
nomlanadi). Sekin kaltsiy kanallari sekin ochiladi va shu bilan birga uzoq vaqt ochiq
holatda turadi(sekundning bir necha o`ndan bir bo`lagi davomida). Plato davrida
kardiomiotsitlarga kirgan Ca
2+
muskul qisqarishini ta`minlaydi. Skelet muskullarida esa
qisqarish jarayoni faqat sarkoplazmatik retikulumdan chiqqan Ca
2+
hisobiga bo`ladi.
Ikkinchi muhim funksional farq esa HP yuzaga kelgach tezda kardiomiotsitlar
membranasi K
+
ionlarini o`tkazuvchanligi taxminan 5 marta kamayadi(skelet
muskullarida bu holat kuzatilmaydi). Kaliy o`tkazuvchanligi kamayishi Ca
2+
ionlarining
hujayraga kirishi va to`planishigabog`liq deb qaraladi. Har qanday holatda kaliyning
o`tkazuvchanligi kamayishi qolgan musbat ionlar(natriy va kaltsiy)ning hujayra ichida
ko`proq turib qolishini ta`minlaydi va bu jarayon plato fazasi hosil bo`lishini ta`minlaydi
hamda HP tezda yakunlanishiga qarshilik qiladi.0.2-0.3 sekdan so`ng sekin kaltsiy
kanallari yopiladi. Ca
2+
va Na
+
ionlari hujayraga ichiga kirishi yakunlanadi. K
+
ionlari
hujayradan tashqariga massiv chiqa boshlaydi va repolyarizatsiya boshlanadi, tinchlik
potensiali tiklanadi.


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling