Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


Yurak muskullarida impuls o`tkazilish tezligi


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

Yurak muskullarida impuls o`tkazilish tezligi.
Harakat potensiali o`tkazilish tezligi bo`lmachadan qorinchalarga 0.3-0.5 m/s
tezlikda o`tkaziladi(bu qalin nerv tolasida impuls o`tkazish tezligidan 250 marta, skelet
muskullarida 10 marta sekin). Qorinchalar miokardiga esa Purkinye tolalari orqali 4 m/s
tezlikda impuls o`tkaziladi bu esa qorinchalarning deyarli bir vaqtda qo`zg`alishini
ta`minlaydi.
Kardiomiotsitlar o`zaro oraliq disklar bilan birikishini(sitoplazmalarga tutashgan bo`ladi)
yuqorida aytgandik. Oraliq disklar sohasida yuqori o`tkazuvchan bo`shliqli birikmalar
bo`ladi(bular yurakda neksuslar deb nomlanadi). Bular konneksin oqsil kompleksidan
iborat. Kardiomiotsit yon devoridagi konneksinlar o`zaro kanal hosil qilib tutashadi. Shu
orqali qo`zg`algan to`qimadagi HP boshqasiga o`tadi. Har bir hujayradan hujayraga
o`tishda vaqt ushlanishi atigi 0.00005 sek ni tashkil etadi. Bu shundan dalolat beradiki
qo`zg`alish ion oqim hisobiga emas elektrik oqim hisobidan bir-biriga tarqaladi. Shuning
uchun vaqt ion oqimiga emas faqat HP hosil bo`lishiga sarflanadi.
Yurak muskullarida refrakter davr.
Yurak muskullari, umuman barcha qo`zg`aluvchan to`qimalar HP vaqtida
beriladigan stimulga javob bermaydi ya`ni refrakter holatda bo`ladi. Yurak refrakter
davri- bu shunday vaqt oralig`iki bu vaqtda beriladigan takror yurak impuls HP
chaqirmaydi. Normada qorinchalarda mutlaq refrakter davr 0.25-0.30 sek davom etadi,
bu HP plato fazasi davomiyligiga deyarli mos. Nisbiy refrakter davr 0.05 sek davom
etadi, bu vaqtda HP qayta hosil bo`lishi mumkin faqat o`ta kuchli ta`sir natijasida. Bu esa
erta navbatdan tashqari qisqarishga olib keladi. Bo`lmachalarda refrakter davr sezilarli
darajada qisqa, 0.15 sek davom etadi.
Harakat potensiali fazalari:
0 faza tez depolyarizatsiya
1 qisqa repolyarizatsiya
2 plato fazasi
3 tez repolyarizatsiya
4 tinchlik membrana potensiali


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling