Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov
Download 205.94 Kb. Pdf ko'rish
|
yurak fiziologiyasi-mediators team
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak muskullarining qisqaruvchanlik xususiyati.
- Miokardning energiya bilan ta`minlanishi.
Qisqarish davomiyligi.
Yurak muskullari qisqarishi HP boshlangandan bir necha millisekunddan keyin boshlanib, HP yakunlangandan keyin bir necha millisekundda yakunlanadi. Kardiomiotsitlar qisqarish uzunligi HP davomiyligiga bog`liq, plato fazasi davomiylikni ta`minlaydi va bo`lmacha miokardida 0.2 sek, qorincha miokardida 0.3 sek bo`ladi. Yurak muskullarining qisqaruvchanlik xususiyati. Skelet muskullaridan bir qancha farq va o`ziga xosliklarga ega. 1)Skelet muskullaridan farqli ravishda kardiomiotsitlarda “hammasi yoki hech qaysi qonuni” ishlaydi ya`ni HP barcha kardiomiotsitlarga tarqaladi va to`liq qisqarish sodir bo`ladi, skelet muskullarida HP izoliatsiyalangan ya`ni lokal qisqarish kuzatiladi. 2)yurak muskullarida qisqarishning summatsiyasi kuzatilmaydi shuning uchun tetanik qisqarish kuzatilmaydi. Bu uzoq muddatli refrakter davr bilan tushuntiriladi. Refrakter davr davomiyligi HP davomiyligiga teng shuning uchun bir qo`zg`alishda bitta to`liq qisqarish bo`ladi. 3)kardiomiotsitlarda qisqarishning uzoq davomliligi(qorinchalarda 300-350 ms). 4) hujayradan tashqari kaltsiy ionlari ahamiyati kardiomiotsitlar uchun muhim, tashqaridan kiradigan kaltsiy HP uzoq davom etishi ta`minlaydi va sarkoplazmatik retikulumdan(SPR) kaltsiyning chiqishini ta`minlaydi. Hujayra tashqarisidagi kaltsiy qancha ko`p bo`lsa qisqarish kuchi shuncha oshadi(juda ko`p miqdori yurakni sistola vaqtida to`xtatib qo`yadi). A hujayra tashqi suyuqligida kaltsiysiz holatda qisqarish deyarli kuzatilmaydi. Skelet muskullari esa hujayra tashqarisida kaltsiysiz holatda ham qisqarishi mumkin. Miokardning energiya bilan ta`minlanishi. Yurak uchun energiyaning asosiy manbasi bu uglevod bo`lmagan substratlarning aerob oksidlanishi. Erkin yog` kislotalari va sut kislotasi bular energiyaning 60%ini, pirouzum kislota, keton tanachalari, aminokislotalar esa 10% dan kamroqni tashkil qilishadi. Intensiv muskul ishida qonda sut kislota to`planadi, anaerob glikoliz hisobidan.Laktat yurak uchun qo`shimcha manba sifatida xizmat qiladi.Sarflanadigan energiyaning 30% qismiglyukoza xisobiga qoplanadi.Oksidlanish jarayonlari uchun birinchi navbatda yurak kislorod bilan normal ta`minlanishi kerak. Koronar yetishmovchilik natijasida turli patologik jarayonlar vujudga keladi, xatto infarktgacha boradi. Yurakdagi xemoretseptorlar ta`sirlanishi natijasida signal simpatik tolalarga uzatiladi, ishemiya va infarktda og`riq kelib chiqish mexanizmi shu. Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov | Mediator jamoasi Skelet muskullari ma`lum vaqt kislorodsiz ham ishlashi mumkin, glikoliz hisobidan. Butun organizm 1 minutda 4 ml kislorod sarf qilsa, yurak 100 ml ya`ni 25 marta ko`p. Yurakda himoya vazifasini mioglobin o`taydi. Mioglobin yurak muskullarida 4 mg/g bo`ladi. Kislorodni yuqori miqdorda to`playdi. Diastola vaqtida zahira qiladi va sistola vaqtida ajratadi(qachonki chap qorincha qon bilan ta`minlanishi ya`ni oziqlanishi kamayib ketganda). Kislorod yetishmaganda ATF sintezi pasayib ketadi, bu o`z o`zidan Na-K ATFaza nasosi ishlashi uchun zarur energiya yo`q degani. Shunday qilib natriy hujayra ichida, kaliy tashqarida to`planib qoladi. Qo`zg`aluvchanlik va o`tkazuvchanlik xususiyati keskin pasayib ketadi. ------------------------------------------------------------------------------------------------- Download 205.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling