Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


Izovolemik(izometrik) bo`shashish davri


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

Izovolemik(izometrik) bo`shashish davri.Qorinchalar bo`shashishi birdaniga
boshlanadi. Qorinchalardagi bosim yirik arteriyalar bosimidan pasaya boshlagach qon
ortga, qorinchalarga qaytishga intiladi, shu vaqtda yarimoysimon klapanlarning zich
yopilishi kuzatiladi. Keyingi 0.03-0.06 sek davomida AV va yarimoysimon klapanlar
yopiq holatda qorinchalar bo`shashishi davom etadi, ularda hajm o`zgarmagan holatda.
Shu davr izovolemik(izometrik) bo`shashish deyiladi. Shu qisqa vaqt ichida qorinchalar
ichidagi bosim diastolik darajaga yetadi va bunda AV klapanlar ochilishi kuzatiladi.
Keyingi davr qorinchalarning qonga to`lish davri boshlanadi.
Oxirgi diastolik, oxirgisistolik va zarb hajmlari.Diastola davrida qorinchalarga 110-
120 ml qon quyiladi(oxirgi diastolik hajm). Keyin qon haydash davrida 70 ml atrofidagi
qon yirik tomirlarga chiqadi(zarb hajmi yoki sistolik hajm). Qorinchalarda qolgan 40-50
ml qon oxirgi sistolik hajm deyiladi. Oxirgi diastolic hajmning sistola vaqtida
arteriyalarga chiqadigan davri otilib chiqish fraksiyasi deyiladi va bu 60%ni tashkil etadi.
Yurak qisqarish kuchining oshishida oxirgi sistolik hajm 10-20 ml gacha kamayib ketishi
mumkin yoki yurakka keladigan qon hajmi oshganda oxirgi sistolik hajm 150-160 ml
gacha oshishi mumkin. Demak, oxirgi diastolik qon miqdori oshsa va oxirgi sistolik hajm
esa kamaysa bu o`z o`zidan zarb(sistolik) hajmning 2 marta oshishini bildiradi.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Minutlik hajmni aniqlashning birmuncha aniq metodi bu Fik metodi hisoblanadi.
Bunda dastlab yurak to`qimasi qancha qonni o`zlashtirishini bilib olish kerak bo`ladi. Bu
uchun arterial va venoz qondagi kislorod miqdori hisoblanadi, masalan arterialda 200 ml,
venoz qonda 150 ml kislorod bo`lsa, 200-150=50, demak yurak 50 ml kislorodni
o`zlashtirgan. Keyingi ishimiz organizmning qabul qilayotgan kislorod miqdorini
aniqlash(tinch holatda 250 ml). Demak kerakli ikki ko`rsatkichni oldik. Shunday
proporsianal tenglama tuzamiz:
1 l qonda-------------50 ml O
2
X=5 l -------------250 ml
Jismoniy harakatda ham shu orqali hisoblash mumkin(arterio-venoz nisbat o`zgarmaydi,
qabul qilinadigan kislorod oshadi).
Faqat bu usulning bitta qiyinchilik va xavfli tomoni venoz qon o`ng bo`lmachaga
quyilish sohasidan olinishi kerak.

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling