Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Fiziologiya
Mediators team
Oʻquv qoʻllanma
Fiziologiya
Klinika
Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Yurak fiziologiyasi
1-bob:
yurak muskuli. Yurak nasos sifatida. Yurak
klapanlari vazifasi
2-bob:
yurakning ritmik qo`zg`alishi.
1-bob.
Yurak muskuli. Yurak nasos sifatida. Yurak klapanlari vazifasi.
Yurak ikki tomonlama “nasosdan” iborat. Yurakning chap yarmi(chap yurak)-
qonni o`pkalardan tortib olsa, o`ng yarmi(o`ng yurak) pereferik organlardan qonni
so`radi. Bu ikkala nasos har biri ikkita pulsatsiyaga ega kameralardan iborat: bo`lmacha
va qorincha. Bo`lmachalar ancha kuchsiz nasos hisoblanib, qonni qorinchga o`tkazib
beradi. Asosiy nasoslar qorinchalar bo`lib, qon o`ng qorinchadan kichik (o`pka) qon
aylanish doirasiga yo`nalsa, chap qorinchadan katta qon aylanish doirasi
boshlanadi.Yurak perikard bilan qoplangan bo`ladi. Perikardning tashqi qavati oq fibroz
to`qimadan iborat. Ichki tomonning o`zi ikki qavatdan iborat: yurakka tutashib ketgan-
visseral va tashqi fibroz to`qimaga tutashgan-parietal qavat. Bu ichki varaqlar
pericardial suyuqlik ishlab chiqaradi, bu suyuqlik ishqalanishni va perikard ichki
varaqlari titrashini kamaytiradi. Tashqi fibroz to`qima yurakning qonga juda ham to`lib
ketishi va cho`zilishiga yo`l qo`ymaydi.
1-1rasm. Yurak tuzilishiva qon aylanish
doiralari
Maxsus mexanizmlar yurak
muskullari qo`zg`alishini,
qo`zg`alishning miokard bo`ylab
tarqalishini va yurak muskullarining
regulyar qisqarishini ta`minlaydi. Bu
bo`limda shu haqida gaplashamiz.
Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Do'stlaringiz bilan baham: |