Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov
-4 rasm. Qisqarish kuchi. Absolyut va nisbiy refrakter davr, navbatdan tashqari qisqarishlar
Download 205.94 Kb. Pdf ko'rish
|
yurak fiziologiyasi-mediators team
1-4 rasm. Qisqarish kuchi. Absolyut va nisbiy refrakter davr, navbatdan tashqari qisqarishlar.
Qisqarish va qo`zg`alish orasidagi aloqa. Kaltsiy ionlari va ko`ndalang naychalarning roli. “Elektromexanik o`zaro aloqadorlik” termini-muskul miofibrillalari qisqarishiga olib keladigan harakat potensiali(HP) mexanizmiga tegishli. Yurak muskullarida ham skelet muskullari kabi HP hujayra membranasi bo`ylab, miokard tolalaridagi T-naychalar orqali chuqurroq tarqaladi. HP ning aynan T-naychalar sohasida vujudga kelishi o`z navbatida sarkoplazmatik reticulum(SPR)ning ko`ndalang naylarida joylashgan Ca 2+ ionlarining sarkoplazmga chiqishiga va miofibrillalarga yetib borishiga olib keladi. Sekundning 1/1000 dan bir qismida sodir bo`ladigan bu jarayonlar natijasida muskul qisqarishi bilan tugaydigan ximik jarayonlarni tezlashtiradi. Yurak muskullaridagi “elektromexanik o`zaro aloqadorlik” mexanizmining o`ziga xosliklaridan biri shundaki, miokard qo`zg`alish jarayonida Ca 2+ ionlari nafaqat SPR sisternasidan balki T-naychalardan ham chiqadi. Aynan ana shu Ca 2+ ionlarining qo`shimcha manbasisiz yurak muskullari qisqarishi yetarli kuchga ega bo`lmasdi. Gap shundaki, yurak muskullarida SPR skelet muskullariga nisbatan ancha kuchsiz rivojlangan, T-naychalar aksincha, juda kuchli Ca 2+ deposi hisoblanadi. Uning diametri skelet muskullariga qaraganda yurakda 5 marta, hajmi 25 marta yuqori bo`ladi. Bundan tashqari T-naychalar yuzasida manfiy(-) zaryadlangan mukopolisaxaridalar bo`lib, Ca 2+ ionlari tashilishida va zahirasini hosil qilishda qatnashadi. Skelet muskullaridan farqli ravishda miokardning qisqarish kuchi hujayralararo suyuqlikdagi(hujayra tashqarisidagi) Ca 2+ ionlari konsentratsiyasiga bog`liq. Yaxshi rivojlangan T-naychalar hujayra tashqi muhitiga(bo`shliqqa) ochilgan va yuqori miqdorda Ca 2+ ionlari tutgan hujayra tashqi suyuqligi bilan to`lgan bo`ladi. Shu yo`l bilan T-naychalar kardiomiotsitlar qisqarishi uchun zarur manba bo`lib xizmat qiladi. Skelet muskullari qisqarishi esa hujayra tashqi muhitdagi Ca 2+ ionlari miqdoriga bog`liq emas, bularda qisqarish SPR dagi hujayra ichi manbasi tufayli amalga oshadi. Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov | Mediator jamoasi HP plato fazasi oxirida Ca 2+ ionlarining hujayra ichiga kirishi to`xtatiladi. Sarkoplazmadagi Ca 2+ ionlari tezda SPR sisternalariga va T-naychalar orqali hujayra tashqi suyuqlikka o`tkaziladi, natijada miokardda qisqarish sikli yangi HP hosil bo`lguncha to`xtatiladi. Download 205.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling