Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov
Download 205.94 Kb. Pdf ko'rish
|
yurak fiziologiyasi-mediators team
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-faza-plato
sezgirlik munosabati
deb ataladi. Shunday qilibd V/dT eng katta (tepaga ko`tarilish tezligi eng tez) bo`ladi qachonki tinchlik membrana potensiali eng ko`p manfiy bo`lganda yoki giperpolarizatsiyalangan bo`lsa (masalan, -90 mV) va dV/dT eng past (ko`tarilish tezligi eng sekin) bo`ladi, agar tinchlik membrane potentsiali kam manfiy bo’lganda yoki depolarizatsiyalangan Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov | Mediator jamoasi (masalan, -60 mV) bo'lganda. Ushbu o`zaro bog`liqlik membrana potentsiali va Na + kanalidagi inaktivatsiya darvozalarining joylashuvi o`rtasidagi munosabatlarga asoslangan. Tinchlik membrana potentsiali nisbatan giperpolarizatsiyaga uchraganda (masalan, -90 mV), kuchlanishga bog`liq bo'lgan inaktivatsiya darvozalari ochiladi va ko`tarilish uchun ko`plab Na + kanallari ochiladi bunda membrana potensiali kam vaqt ichida tezda o`zgaradi(dV/dT oshmoqda). Tinchlik membrana potentsiali nisbatan depolyarizatsiyaga uchraganda (masalan, -60 mV), Na + kanallaridagi inaktivatsiondarvozalari yopiq bo`ladi va ko`tarilish paytida kamroq Na + kanallari ochiladi. dV/dT, shuningdek, ichki oqimning kattaligi bilan ham bog`liq (ya`ni qorincha, bo`lmacha va Purkine tolalarda, Na + ning hujayra ichkarisiga oqimining kattaligi). 1-faza-boshlang`ich repolarizatsiya . Qorincha, bo`lmacha va Purkine tolalarning 1-bosqichi – bu yuqoriga ko`tarilgandan so`ng darhol sodir bo`ladigan repolarizatsiyaning qisqa davri. Eslatib o`tamiz, repolarizatsiya sodir bo'lishi uchun aniq tashqi(hujayra tashqarisiga) tok oqimi bo`lishi kerak. 1-bosqichda aniq tashqi tok oqim paydo bo`lishida ikkita tushuntirish mavjud. Birinchidan, Na + kanallaridagi inaktivatsiya darvozalari depolarizatsiyaga javoban yopiladi. Ushbu darvozalar yopilganda gNa kamayadi va ichkariga Na + oqimi (ko`tarilishni keltirib chiqargan) to`xtaydi. Ikkinchidan, K + ionlarining katta harakatlantiruvchi kuchidan kelib chiqadigan tashqi K + oqimi mavjud: ko'tarilishning pik cho`qqisida ham kimyoviy(hujayra ichidagi kaliy tashqaridagidan ko`p, demak ion farq tufayli tashqariga yo`naladi), ham elektr(hujayra tashqarisi manfiy bo`lib qoldi va musbat kaliyni tortadi) harakatlantiruvchi kuchlar hujayradan tashqariga K + ni chiqishini ta`minlaydi. 2-faza-plato . Plato nisbatan barqaror(150-200ms), depolarizatsiyalangan membrana potentsialining uzoq davri , ayniqsa qorincha va Purkine tolalarida bo`ladi (bo`lmacha tolalarida plato davri qorincha tolalariga qaraganda qisqaroqdir.) Esda tutingki, membrana potentsiali barqaror bo`lishi uchun ichki va tashqi oqimlar teng bo'lishi kerak, shunda membranabo`ylab aniq tashqi tok oqimi bo'lmaydi. Download 205.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling