Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
qorinchalarning qisqaruvchi muskullarigacha impuls umumiy 0.16 sekundda yetib kelar
ekan.
Ushlanib o`tish sababi. Asosiy sabab, AV o`tkazuvchi qismda hujayralararo bo`shliqli
birikishlarning sezilarli kam ekanligi. Ionlar oqimiva HP tarqalishiga bo`lgan qarshilik
oshishi hisobidan ushlanib o`tadi.
2.5 rasm. AV tugun va undan impuls o`tishi.
Purkinye tolalari orqali impuls o`tishi.
AV tugundan AV tutam tarkibida qorinchlar miokardiga yo`naluvchi maxsus tolalar
hisoblanadi. AV tutamning boshlang`ich qismi AV to`siqdan o`tadi. Purkinye tolalari
tugun tolalariga nisbatan qarama qarshi xususiyatlarga ega. Purkinye tolalari yirik yirik
bo`ladi(xattoki, qisqaruvchi miokard tolalaridan ham yirikroq) va yuqori tezlikda(1.5-4
m/s) impuls o`tishi kuzatiladi. Bu esa AV tugundan qo`zg`alish o`tish tezligidan 150
marta tez degani. Bu darajada tez impuls o`tishi bir vaqtda butun qorinchalarni qamrab
olish va deyarli bir vaqtda qisqarish sodir bo`lishini ta`minlaydi. Purkinye tolalaridan
impuls tez o`tishi tik disklar sohasidagi bo`shliq birikmalarning
yuqorio`tkazuvchanligiga bog`liq. Bu esa yuqori ion oqimini ta`minlaydi. Purkinye
tolalarining yana bir xususiyati-ularda miofibrillalar kam, shuning uchun o`tkazish
vaqtida ularda qisqarish deyarli bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: