Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
ya`ni SA tugun 60-80 ta, AV tugun 40-60 ta, AV tutam va Purkinye tolalari 10-40 ta
impuls hosil qilishi.
2.6 rasm. Yurakning turli bo`limlarida harakat potensiali va EKG bilan bog`liqligi
Impuls o`tkazilishi va yurak qisqarishi chastotasi ustidan nerv nazorati.
Simpatik va parasimpatik nerv ta`siri.
Parasimpatik nerv tolalari(nn.vagii) asosan SA va AV tugun sohasida tarqalgan.
Bo`lmacha miokardida ham kam miqdorda tarqalgan, qorinchalar miokardida undan ham
kam bo`ladi. Simpatik tolalar esa aksincha, yurakning barcha sohasida zich tarqalgan.
Parasimpatik nerv yurak ritmi va qo`zg`alish o`tishini sekinlashtirishi xattoki
to`xtatib qo`yishi.Qorinchalarning “sirg`anib chiqib ketishi”
Yuqorida deyarli to`liq to`xtalgan bo`lsakda yana bir bor qisqacha eslab o`tamiz.
Parasimpatik nerv ta`sirlanganda, nerv oxirlaridan atsetilxolin mediatori ajraladi.
Atsetilxolinning yurakka ikki asosiy ta`siri bor: (1) sinus ritmni sekinlatish, (2) AV
o`tkazuvchi tizim qo`zg`aluvchanligini sekinlashtirish-bu impulsning bo`lmachadan
qorinchaga o`tishini sekinlashtiradi. Parasimpatik nervning kuchsiz yoki o`rtacha
ta`sirlanishi yurak chastotasini deyarli yarimgacha qisqartiradi. Agar kuchli stimul
berilsa impuls generatsiyasi va o`tkazuvchanlikni to`liq cheklab qo`yishi mumkin. Bu
holatda qorinchalarga 5-20 sek davomida impuls kelmasligi sodir bo`lsa, AV tutam yoki
Purkinye tolalari avtomatiyani qo`lga oladi va yurak minutiga 15-40 ta qisqara boshlaydi.
Shu holat yurakning adashgan nerv ta`siridan “sirg`anib”chiqib ketishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: