Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


AV tugun orqali bir tomonlama impuls o`tkazilishi


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

AV tugun orqali bir tomonlama impuls o`tkazilishi. Ayrim patologik holatlarni
aytmaganda impuls hech qachon qorinchdan bo`lmachaga o`tmaydi. Bo`lmacha va
qorincha miokardi fibroz to`siq bilan ajralgan(10-3 rasm). Bu to`siq impulsni bo`lmacha
qorincha yo`nalishidan boshqa har qanday yo`nalishda o`tishiga to`sqinlik qiladi. Ayrim
patologik holatlarda bo`lmacha va qorincha orasida qo`shimcha muskulli ko`prikcha
paydo bo`lib qolishi hisobidan turli patologiyalar kelib chiqadi.


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
AV(Gis) tutamining o`ng va chap oyoqchalari-Purkinye tolalarining qorinchalarga
tarqalishi.
AV tutam fibroz to`siqdan o`tgach uning distal qismi qorinchalararo to`siq bo`ylab yurak
cho`qqisiga qarab yo`naladi(10-3 rasm). Keyin tutam ikki oyoqchaga bo`linadi, bu
oyoqchalar qorinchalararo to`siqning ikki yonida endokard ostida yotadi. Har bir
oyoqcha yurak cho`qqisiga qarab yo`naladi va kichik shoxchalarga ya`ni Purkinye
tolalariga bo`linadi. Bu shoxchalar yurak devori bo`ylab yuqoriga ya`ni yurak
cho`qqisidan yurak asosiga yo`naladi. Purkinye tolalari qorinchalar devorining taxminan
1/3 qalinlikdagi qismidan o`tadi va qisqaruvchi tolalar bilan kontakda bo`ladi. AV tutam
oyoqchalaridan oxirgi Purkinye tolasigacha impuls bor yo`g`i 0.03 sekundda keladi,
demak, AV tutam oyoqchalaridan o`tayotgan impuls qorinchalar miokardial
tolalarigacha 0.03 sekundda keladi.
Qorinchalar miokardiga impuls tarqalishi.
Purkinye tolalari oxirgi nuqtasigacha kelgan impuls dastlab o`ziga yaqin joydagi
miokardial qisqaruvchi tolalarga tarqalsa, keyin hujayradan hujayraga tarqaladi. Impuls
o`tkazilish tezligi 0.3-0.5 m/s, bu Purkinye sistemasi orqali o`tadigan tezlikning 1/6
qismi degani. Qorinchalar devori muskulida miokardial tolalar qavati orasida 2 marta
spirallashgan yupqa fibroz qatlam bo`ladi. Demak, qo`zg`alishning ichki(subendokardial)
tomondan tashqi(subepikardial) muskul tolalariga to`g`ridan to`g`ri tarqalishining iloji
yo`q, faqat spirallar yo`nalishida tarqaladi. Bu esa qorinchalar miokardial tolalarining
to`liq impuls bilan ta`minlanishi uchun yana 0.03 sekund sarflanishi demakdir. Shunday
qilib AV tutamdan boshlab toki qorinchalar qisqaruvchi miokardial tolalarini impuls
to`liq qamrashiga 0.06 sek vaqt sarflanadi.

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling