Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov
Download 205.94 Kb. Pdf ko'rish
|
yurak fiziologiyasi-mediators team
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak muskullari struktur-funksional xususiyatlari
- 1.2 rasm. Miokardning sinitsial tuzilishi.
Yurak muskulllari fiziologiyasi.
Yurak asosiy uch guruh muskul to`qimasi:tipik bo`lmachalar muskullari, tipik qorinchalar muskullari va atipik muskullardan iborat yurak o`tkazuvchi tizimidan iborat. Bo`lmacha va qorincha muskullari qisqarishi xuddi skelet muskullari qisqarishidek boradi, lekin uzoqroq davomiylikka egaligi bilan farqlanadi. O`tkazuvchi tizimning atipik muskullarida miofibrillalar kam, ularning asosiy vazifasi avtomatik ravishda impuls hosil qilish va uni qisqaruvchi bo`lmacha hamda qorincha muskullariga o`tkazish. Yurak muskullari struktur-funksional xususiyatlari Yurak miokardial tolalari tarmoqlanadi va keyin o`zaro tutashib to`r hosil qiladi. Shunday qilib skelet muskullari kabi ko`ndalang targ`illik hosil qiladi. Bular aktin va miozin tolalaridan iborat tipik miofibrillalar hisoblanadi. Skelet muskullarida bular o`zaro parallel joylashgan bo`ladi va qisqarish protsessida bir biriga tomon sirg`anadi. Yurak miokardi skelet muskullariga nisbatan bir qancha farqlarga ega. 1.2 rasm. Miokardning sinitsial tuzilishi. 1-2 rasmda miokardning sinsitial tuzilishi keltirilgan. Bunda to`q(qora) chiziqlar oraliq disklar bo`lib, miokardial tolalarni ajratib turadi. Shunday qilib miokard har bir tolasi alohida alohida kardiomiotsitlardan iborat, ular o`zaro uzluksiz va parallel birlashadi. Hujayra membranalari oraliq disklar sohasidabir biri bilanyuqori ion o`tkazuvchi xususiyatli bo`shliq birikmalar(gap junctions) bilan birikadi. Miokardning muhim funksional xususiyatlaridan biri hujayra ichi suyuqligi bo`ylab ionlarning erkin harakatlanishi hisoblanadi. Bu esa oraliq disklar orqali harakat potensialining(HP) hujayradan hujayraga qarshiliksiz tarqalishini ta`minlaydi. Bu yerda sinitsial(funksional Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov | Mediator jamoasi birikuv, aloqa) tuzilish katta ahamiyatga ega, sinitsial tuzilish tufayli bir hujayrada hosil bo`lgan HP butun miokardga tarqaladi. Yurak ikki xil funksional sinsitiylardan iborat: bo`lmacha va qorinchalar sinsitiylari. Ular o`zaro atrioventrikulyar fibroz to`siq bilan ajralgan, fibroz to`siqda yurakning ikki va uch tabaqali klapanlari joylashgan bo`ladi. Bo`lmacha va qorincha sinitsial miokardi to`g`ridan to`g`ri aloqa qila olmaydi. HP maxsus o`tkazuvchi tizim orqali bo`lmachadan qorinchaga tarqaladi(bu haqida keyingi bobda batafsil gaplashamiz). Ikki xil funksional sinsitiylarning borligi yurak nasos funksiyasi uchun ahamiyatli bo`lgan bo`lmacha qorincha qisqarish ketma-ketligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega. Download 205.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling