Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

sezgirlik munosabati
deb ataladi.
Shunday qilibd V/dT eng katta (tepaga ko`tarilish tezligi eng tez) bo`ladi qachonki
tinchlik membrana potensiali eng ko`p manfiy bo`lganda yoki giperpolarizatsiyalangan
bo`lsa (masalan, -90 mV) va dV/dT eng past (ko`tarilish tezligi eng sekin) bo`ladi, agar
tinchlik membrane potentsiali kam manfiy bo’lganda yoki depolarizatsiyalangan


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
(masalan, -60 mV) bo'lganda. Ushbu o`zaro bog`liqlik membrana potentsiali va Na
+
kanalidagi inaktivatsiya darvozalarining joylashuvi o`rtasidagi munosabatlarga
asoslangan. Tinchlik membrana potentsiali nisbatan giperpolarizatsiyaga uchraganda
(masalan, -90 mV), kuchlanishga bog`liq bo'lgan inaktivatsiya darvozalari ochiladi va
ko`tarilish uchun ko`plab Na
+
kanallari ochiladi bunda membrana potensiali kam vaqt
ichida tezda o`zgaradi(dV/dT oshmoqda). Tinchlik membrana potentsiali nisbatan
depolyarizatsiyaga uchraganda (masalan, -60 mV), Na
+
kanallaridagi
inaktivatsiondarvozalari yopiq bo`ladi va ko`tarilish paytida kamroq Na
+
kanallari
ochiladi. dV/dT, shuningdek,
ichki oqimning kattaligi bilan ham bog`liq (ya`ni
qorincha, bo`lmacha va Purkine tolalarda, Na
+
ning hujayra ichkarisiga oqimining
kattaligi).
1-faza-boshlang`ich repolarizatsiya
. Qorincha, bo`lmacha va Purkine tolalarning
1-bosqichi – bu yuqoriga ko`tarilgandan so`ng darhol sodir bo`ladigan
repolarizatsiyaning qisqa davri. Eslatib o`tamiz, repolarizatsiya sodir bo'lishi uchun
aniq
tashqi(hujayra tashqarisiga) tok oqimi bo`lishi kerak. 1-bosqichda aniq tashqi tok
oqim paydo bo`lishida ikkita tushuntirish mavjud. Birinchidan, Na
+
kanallaridagi
inaktivatsiya darvozalari depolarizatsiyaga javoban yopiladi. Ushbu darvozalar
yopilganda gNa kamayadi va ichkariga Na
+
oqimi (ko`tarilishni keltirib chiqargan)
to`xtaydi. Ikkinchidan, K
+
ionlarining katta harakatlantiruvchi kuchidan kelib chiqadigan
tashqi K
+
oqimi mavjud: ko'tarilishning pik cho`qqisida ham kimyoviy(hujayra ichidagi
kaliy tashqaridagidan ko`p, demak ion farq tufayli tashqariga yo`naladi), ham
elektr(hujayra tashqarisi manfiy bo`lib qoldi va musbat kaliyni tortadi) harakatlantiruvchi
kuchlar hujayradan tashqariga K
+
ni chiqishini ta`minlaydi.
2-faza-plato
. Plato nisbatan barqaror(150-200ms), depolarizatsiyalangan
membrana potentsialining uzoq davri , ayniqsa qorincha va Purkine tolalarida bo`ladi
(bo`lmacha tolalarida plato davri qorincha tolalariga qaraganda qisqaroqdir.) Esda
tutingki, membrana potentsiali barqaror bo`lishi uchun ichki va tashqi oqimlar teng
bo'lishi kerak, shunda membranabo`ylab aniq tashqi tok oqimi bo'lmaydi.

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling