Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


Yurak ishini harakterlovchi indekslar


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

Yurak ishini harakterlovchi indekslar.
Yurak indeksi(YI)-minutli hajm(MH)ning tana yuza sathi(S)ga nisbati: YI=MH/S
normada 3-4 l/m
2
/min ni tashkil qiladi.
Qon bilan ta`minlanish indeksi(QTI)-millilitrdagi minutli hajmning tana
massasi(MT)ga nisbati: QTI=MH/MT. Normada 70 ml/kg/min ni tashkil qiladi.


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Qisqarish indeksi yoki qisqarish fraksiyasi- sistolik hajmning oxirgi diastolic hajmga
nisbati. Normada 0.5 ga teng.
Yurak klapanlari funksiyasi.
Atrioventrikulyar klapanlar.Atrioventrikulyar(AV) klapanlar(ikki tabaqali-mitral va
uch tabaqali) sistola vaqtida qonni qorinchadan bo`lmachaga qaytishiga to`sqinlik qiladi.
Yarimoysimon klapanlar(o`pka arteriyasi va aortadagi) diastola vaqtida qonni o`pka
arteriyasi va aortadan qorinchalarga qaytishiga to`sqinlik qiladi. Klapanlar passiv ochilib
yopiladi ya`ni bosim gradiyenti orqali. Qiziqarli tomoni, AV klapanlarning yupqa
tabaqasining qattiq yopilishi uchun qonning ortga qaytishi(oqimi) deyarli ahamiyatga ega
emas. Yarimoysimon klapanlarning qattiq yopilishida esa qonning tez va kuchli ravishda
ortga qaytishi(bir necha millisekund davomida) muhim ahamiyatga ega.
Papillar(so`rg`ichsimon) muskullar ahamiyati. So`rg`ichsimon muskullar AV klapan
tabaqalariga pay tolalar orqali birikadi. Papillar muskullar qorinchalar devori bilan bir
vaqtda qisqaradi lekin bu muskullar AV klapan tabaqalarini qattiq yopilishini
ta`minlamaydi. Bu muskullar vazifasi tabaqalarni qorinchalar tomonga tortib turadi va
sistola vaqtida bo`lmacha tomonga shishib turishiga(qorinchalar ichidagi qon bosimi
tufayli) qarshilik qiladi. Papillar muskullar yoki ularning pay tolalari zararlanishi tabaqa
klapanlari funksiyasi ishdan chiqishiga va yurak yetishmovchiligiga olib keladi.

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling