Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Yurak ishining gormonal regulyatsiyasi.Tiroksin-yurak chastotasi va qisqarish kuchini,
yurakning katexolaminlarga sezgirligini oshiradi. Oqsil sintezini kuchaytirib
gipertrofiyaga olib kelishi mumkin. Kortikoidlar, glyukagon, serotonin, vasopressin,
endotelin(endothelial peptid), adrenalin va noradrenalin kabilar yurak ishini kuchaytiradi.
Ta`sir mexanizmi bu moddalar o`ziga tegishli retseptor orqali(masalan katexolaminlar
betta retseptorlarga, serotonin serotonin retseptorlariga ta`sir qiladi) Gs(stimullovchi)
oqsil sistemani faollaydi(fiziologiyaga kirish mavzusidagi qo`llanmani ko`rib chiqing) bu
esa o`z navbatida adenilatsiklaza fermentini faollaydi. Bu ferment faollashgach ATF dan
S-AMF hosil qiladi. S-AMF nofaol proteinkinaza A ni faol proteinkinaza A ga
aylantiradi. Proteinkinaza A esa kardiomiotsit membranasidagi kaltsiy kanalini
fosforlaydi va ochadi. Hujayra ichiga kirayotgan kaltsiy SPR(sarkoplazmatik
reticulum)dagi kaltsiyning ham sitoplazmaga chiqishini ta`minlaydi. Shunday qilib yurak
qisqarish kuchi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: