Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


Sinus tugun hujayralari mustaqil qo`zg`alishi


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

Sinus tugun hujayralari mustaqil qo`zg`alishi.Hujayra tashqarisidagi suyuqlikda
natriy ionlarining ko`pligi va ayrim tez natriy kanallarining ishlab turishi tinch holatda
ham natriy ionlarini hujayra ichiga kirishiga sabab bo`ladi. Bu esa diastola vaqtidan
boshlab hujayra ichi zaryadini sekinlik bilan musbatlashtira boshlaydi. Qachonki
membrana potensiali bo`sag`a holatiga yetganda ya`ni -40mV ni tashkil etganda sekin
kaltsiy(natriy-kaltsiy) kanallari aktivlashadi va impuls generatsiyasi amalga oshadi.
Demak, o`z o`zini qo`zg`atib turishiga asosiy sabab natriy ionlarining tinch holatda ham
sizib o`tishi va keyin kaltsiy ionlarining membranadan massiv o`tishiga bog`liq ekan.
Nima uchun natriy va kaltsiy ionlari sinus tugunda doimiy depolyarizatsiya chaqirmaydi?
Ikki sabab bunga yo`l qo`ymaydi. Birinchidan sekin kaltsiy kanallarining 100-
150msekunddan keyin inaktivatsiya bo`lishi ya`ni yopilishi, ikkinchidan kaliy
kanallarining aktivatsiyasi. Hujayra ichiga natriy va kaltsiy ionlarining ko`p miqdorda
kirishi, kaliyning hujayra tashqarisiga chiqishiga to`sqinlik qiladi. Tez natriy
kanallarining barchasi va sekin kaltsiy kanallari inaktiv bo`lgach, kaliy kanallari ochiladi
va kaliy ionlari hujayra tashqarisiga massiv ravishda chiqadi. Bu o`z o`zidan hujayra


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
giperpolyarizatsiyasiga olib keladiva HP yakunlanadi. Va yana bir savol, nima uchun
giperpolyarizatsiya doimiy saqlanmaydi? Birinchidan, giperpolyarizatsiya vujudga
kelgach ko`p sonli va katta o`lchamli kaliy kanallari yopiladi. Ikkinchidan natriyning
sizib o`tishi boshlanadi va bo`sag`a holatiga yetgach sekin kaltsiy kanallari ochiladi va
jarayon qayta sodir bo`ladi.
Tugunlararo tutamlar(Baxman, Venkebax, Torel). Bo`lmachalardan impuls
o`tkazilishi.
Sinus tugun tolalari yaqinida yotgan qisqaruvchi tolalar bilan to`g`ridan to`g`ri aloqada.
HP hosil bo`lgandan ularga impuls 0.3 m/s tezlikda tarqaladi. Boshqa bir, unchalik katta
bo`lmagan tolalarda tezlik yuqoriroq, 1 m/s tezlikda o`tkaziladi. Ulardan biri oldingi
bo`lmachalararo tola bo`lib, o`ng bo`lmachadan chap bo`lmachga oldingi devordan
yo`naladi. Qolgan uch tola(oldingi, yon, orqa) mos ravishda oldingi, yon, orqa
tugunlararo tutamlar deb nomlanadi.

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling