Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Sinus tugun- ritm yetaklovchisi.
Normada impuls sinus tugunda hosil bo`lishini aytib o`tgandik. Turli ayrim patologik
holatlarda avtomatiya AV tugunda yoki Purkinye tolalarida sodir bo`lishi mumkin. Agar
AV tugun tashqaridan impuls olmasa, o`zi mustaqil ravishda 40-60 imp/min hosil qila
oladi, bu ko`rsatkich purkinye tolalarida yanayam pastroq 15-40 imp/min. normal va
tinch holatda SA tugun 70-80 imp/min hosil qiladi.
Nima uchun yurak ritmi nazoratini faqat SA tugun boshqaradi, boshqa avtomatiya
markazlari esa yo`q? Gap shundaki, SA tugun AV tugun va boshqa markazlarga
qaraganda HP ni yuqori chastotada generatsiya qiladi. SA tugunda hosil bo`lgan impuls
AV tugun va boshqa markazlarga o`tkazilib ularni qo`zg`atadi. Har bir keyingi impuls
SA tugunda oldinroq hosil bo`laveradi. Yurakdagi har bir markaz faqat impuls ta`sirida
qo`zg`aladi, impuls esa SA birinchi hosil bo`ldi. Shunday qilib SA tugun ritm
yetaklovchisi yoki boshqacha aytganda peysmeker.
Ritmning ektopik yetaklovchisi.
Ba`zan turli strukturalar SA tugunga qaraganda ko`proq impuls hosil qiladi, masalan, AV
tugun yoki Purkinye tolalari, ba`zan qisqaruvchi miokardial tolalar ham ritm
yetaklovchiga aylanishi mumkin. SA tugundan boshqa har qanday joyda impuls hosil
bo`lishi-ektopik o`choq deb nomlanadi. Bu esa yurak ish faoliyatining normal ketma ket
ishlashini va nasos funksiyasini buzadi.
Ektopik ritm yetaklovchisi hosil bo`lishining boshqa sabablaridan biri bu AV blokada
ya`ni SA tugunda hosil bo`lgan impulsning AV tugun orqali o`tmasligi. Bu holatda
bo`lmachalarda normal qisqarish ritmi kuzatilib, qorinchalarda qisqarish ancha kamayib
ketadi( avtomatiyani AV tutam yoki purkinye tolasi olishiga qarab 15-40 imp/min). AV
blokada vujudga kelgandan boshlab tezda impuls hosil bo`lishi boshqa markazga o`ta
olmaydi, faqatgina 5-20 sekunddan keyin boshqa markaz impuls hosil qiladi, chunki bu
markazlar SA tugundan kelayotgan impuls ta`sirida qo`zg`alayotgandi. Bu vaqt
oralig`ida bosh miyaga qon bormaganligi hisobidan inson 4-5 sekund ichida es hushuni
yo`qotadi. Bu holat Adam-Stoks sindromi deb nomlanadi. Agar asistoliya davom etsa bu
holat o`limga olib kelishi mumkin.
!normada sportchilarda fiziologik bradikardiya kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: