Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov
va 2.2 rasm. Yurak o`tkazuvchi tizim topografiyasi
Download 205.94 Kb. Pdf ko'rish
|
yurak fiziologiyasi-mediators team
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinus tugun.
- Sinus tugun avtomatiyasi.
2.1va 2.2 rasm. Yurak o`tkazuvchi tizim topografiyasi
2.3 rasm. O`tkazuvchi tizim tuzilishi Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov | Mediator jamoasi Sinus tugun. Sinus(sinoatrial) tugun uzunligi 15 mm, kengligi 3 mm, qalinligi 1 mm bo`lgan, ellips shaklidagi, atipik kardiomiotsitlardan iborat tuzilma. O`ng bo`lmachaning orqa-yon devori yuqori qismida joylashgan(shuningdek, bu yerdan o`ng bo`lmachaga yuqori kovak vena quyiladi). SA tugun hujayralarida qisqaruvchi filamentlar deyarli yo`q va ularning diametri bor yo`gi 3-5mkm (bo`lmacha qisqaruvchi tolalari diametri 10-15 mkm). SA hujayralari to`g`ridan-to`g`ri qisqaruvchi tolalar bilan bog`langan. Shuning uchun, HP hosil bo`lishi bilan tezda bo`lmacha kardiomiotsitlariga tarqaladi. Sinus tugun avtomatiyasi.Avtomatiya-ayrim yurak tolalarining mustaqil qo`zg`alishi va ritmik ravishda miokard qisqarishini chaqiruvchi xususiyati. Aynan SA tugun yurak qisqarish ritmini nazorat qiladi. Sinus tugun avtomatiyasi mexanizmi.Sinus tugunda tinchlik potensiali kichikroq bo`ladi(-60dan -55 mVgacha), tipik kardiomiotsitda esa -90 dan -85 mV gacha. Bu farq shu bilan tushuntiriladiki, SA tugun membranasi, kardiomiotsit membranasiga nisbatan natriy va kaltsiy ionlarini ko`proq o`tkazadi, bu ionlar esa o`z o`zidan hujayra ichi manfiyligini birmuncha neytrallaydi. Avtomatiya mexanizmiga o`tishdan oldin yana bir narsani eslab o`tsak: kardiomiotsitlar membranasida 3 tip ion kanallar bor edi:(1) tez natriy kanallari, (2) sekin kaltsiy(yoki natriy-kaltsiy kanali deb ham nomlanadi) kanallari, (3) kaliy kanallari. Kardiomiotsitlarda HP yuzaga kelishida dastlab tez natriy kanallari ochiladi, hujayra ichi qayta zaryadlanadi. Keyin 0.3 sekund davom etuvchi plato fazasi- sekin kaltsiy kanallari ochilishi hisobidan. Kaliy kanallarining ochilishi va kaliy ionlarining hujayra tashqarisiga chiqish va tinchlik potensiali tiklanish. Sinus tugunning tinchlik potensila -55mV, bu holatda ion kanallar ishlash funksiyasi boshqacha bo`ladi. Bunda tez natriy kanallari inaktiv holatda va HP hosil bo`lishida deyarli qatnashmaydi ya`ni tez natriy kanallarining juda ko`p qismi inaktiv holatda bo`ladi, faqat ayrimlari ishlaydi. Bu holatda faqat sekin kaltsiy kanallari ochiladi va HP shu kanal hisobidan vujudga keladi. Bundan tashqari kardiomiotsitlarga nisbatan sinus tugunda depolyarizatsiya va repolyarizatsiya jarayonlari nisbatan sekin rivojlanadi(bu holat sekin kaltsiy kanallar faoliyatiga bog`liq). Umumiy qilib to`xtalsak: 0-faza-Ko`tarilish ya`ni tez depolyarizatsiya . 0 faza (boshqa yurak hujayralarida bo`lgani kabi) harakat potentsialining ko`tarilishidir. E`tibor bering, yurak urishi boshqa turdagi yurak to`qimalarida bo'lgani kabi tez yoki tik emas. SA tugunidagi ko`tarilishning ion asoslari ham farq qiladi. Boshqa miokard hujayralarida ko`tarilish o`tkazuvchanlik(gNa)va ichkariga Na + ionlari oqimining ko`payishi natijasidir. SA tugun hujayralarida Download 205.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling