Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

Yurak ishiga temperatura ta`siri.Temperatura oshganda, masalan, isitmada yurak
qisqarish soni sezilarli oshadi ba`zan ikki martagacha oshishi mumkin. Bu hujayra
membranasining ionlar uchun o`tkazuvchanligi oshib ketishi va impuls generatsiyasi
oshishiga bog`liq. Tana harorati 15-20 gradusga pasayib ketganda yurak urishi soni atigi
bir nechtani tashkil qilishi yoki butunlay to`xtashi mumkin.Yurak qisqarish kuchi doimiy
bo`lmagan harorat oshishida kuchayadi, masalan fizik faollik vaqtida. Doimiy
gipertermiyada metobolizm tezlashib bir qancha vaqtdan keyin zahira kamayishi
hisobidan yurak qisqarish kuchi pasayib ketadi. Demak, yurak normal ish faoliyati uchun
temperaturani markaziy regulyatisiyasi juda muhim rol o`ynaydi.
Yurak ishiga gipoksiya va giperkapniya ta`siri.
Organizmda gipoksiya va giperkapniya kuzatilsa markaziy va pereferik
xemoretseptorlar ta`sirlanishi va bular orqali simpatik nerv faolligi oshishi bilan
namoyon bo`ladi. Kardiomiotsitlarda gipoksiya holatida pH ko`rsatkichining
pasayishi(normada 7.1) ularda oksidlanish jarayoni sezilarli sekinlashtiradi, natijada
kaltsiyning hujayra ichiga kirishi sekinlashadi, bu esa yurak ishini sekinlashtiradi.
Yurak ishiga bosh miya po`stlog`i ta`siri.
Bosh miya po`stlog`i asosan vegetativ nerv tizimi va endokrin bezlar orqali ta`sir qiladi.
Yurak ishiga ta`siri turli refleks va emotsiyallarga bog`liq holda yuzaga keladi. Masalan,
sportchining start oldi yurak ishini kuchayishi. Yoqimli xotiralarni eslash yurakka ijobiy
ta`sir korsatishi, xattoki ekstrasistoliyalar vujudga kelishi to`xtab, yurak faoliyati
normallashishi tajribalarda ko`rilgan. Aksincha, salbiy emotsiya va xotiralar esa spazm,
yurak sohasida og`riq chaqirgani ko`rilgan.


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling