Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


 rasm. Bosim va hajm bog`liqligi. Bosim yuqori normal holatdan oshib boshlasa minutli


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

1.6 rasm. Bosim va hajm bog`liqligi. Bosim yuqori normal holatdan oshib boshlasa minutli
hajm kamaya boshlaydi.
-----------------------------------------------------------------------------------------------
2-bob. Yurakning ritmik qo`zg`alishi
Yurakda maxsus o`tkazuvchi tizim bo`lib, ularning funksiyalari quyidagilar:
1) Ritmik ravishda impuls generatsiya qilish va yurak muskullarida ritmik qisqarish
chaqirish.
2) Impulsni yurak bo`ylab o`tkazib berish.
Ijobiy xususitalaridan biri bo`lmacha va qorinchalarning ketma-ket qisqarishi ya`ni
bo`lmachalar qorinchalardan 1/6 sekund oldinroq qisqaradi, bu esa qorinchalarni to`liq
qonga to`lishini ta`minlaydi. Qorinchalar esa bir vaqtda qisqaradi va bu yuqori arterial
bosimni ta`minlaydi.
Yurak o`tkazuvchi tizimi faoliyati turli patologik holatlarda buzilishi mumkin, masalan
ishemiya yoki koronar yetishmovchilik va boshqa. Bu esa ritmik impuls hosil bo`lishi
yoki bo`lmacha-qorincha ketma-ketligi sezilarli buzilishi hisobidan o`limga olib kelishi
mumkin.
------------------------------------------------------------------------------------------------
Yurak o`tkazuvchi tizimi.
O`tkazuvchi tizim tarkibiga: (1) sinus tugun(sinoatrial yoki Keyts-Flak deb ham
nomlanadi, SA)-impulsni ritmik generatsiya qiluvchi. (2) bo`lmachalardagi tugunlararo
tutamlar- bular orqali impuls SA tugundan AV tugunga o`tadi. (3) atrioventrikulyar
tugun(AV, Ashof Tovar tuguni)- shu yerda bo`lmachadan qorinchaga o`tadigan
impulslar biroz ushlanib o`tadi. (4) atrioventrikulyar (Gis)tutam-bular orqali impuls
qorinchalarga o`tkaziladi. (5) Purkinye tolalaridan iborat AV(Gis) tutamning o`ng va


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
chap oyoqchalari-impulsni qisqaruvchimiokardga o`tkazadi
.
.

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling