Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov


Bo`lmachalarning nasos funksiyasi


Download 205.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana30.10.2023
Hajmi205.94 Kb.
#1734076
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
yurak fiziologiyasi-mediators team

Bo`lmachalarning nasos funksiyasi
Qon kovak venalardan bo`lmachalarga to`g`ridan to`g`ri quyiladi. Bo`lmachalarga
oqib kelgan qonning deyarli 80% qismi bo`lmachalar sistolasidan oldin qorinchalarga
quyiladi, faqatgina qo`shimcha 20% atrofidagi hajm sistola vaqtida qorinchalarga tushadi.
Demak, bo`lmachalar sistolasi qorinchalar nasos funksiyasi effektivligini bor yo`g`i 20%
oshirar ekan. Normal, tinch holatda yurak bu 20% hajmsiz ham normal ishlashi mumkin
ya`ni qorinchalar tinch holatdagi talabga nisbatan 300-400% ko`proq qonni so`rib biladi.
Shu uchun bo`lmachalar nasos funksiyasi buzilishi unchalik ahamiyatga ega emas.
Bo`lmachalar nasos funksiyasi ishdan chiqqanda bemorda tinch holatda hech qanday
simptomlar kuzatilmaydi, faqatgina jismoniy faollikda simptomlar namoyon bo`ladi.
Qorinchalar nasos funksiyasi
Qorinchalar to`lishi.
Atrio-ventrikulyar(AV) klapanlar yopiq holatda, bo`lmachalarda
qonning ancha ko`p hajmi to`planadi. Qachonki qorinchalar sistolasi tugaganda va
qorinchalarda bosim past diastolik nuqtaga kelgach AV klapanlar ochiladi. Bu vaqtda
bo`lmachalardan qorinchalarga qon o`tadi va bosim bir qancha ko`tariladi. Bu davr
qorinchalar tez to`lish davri deyiladi. Tez to`lish fazasi qorinchalar diastolasining
dastlabki 1/3 qismini tashkil qiladi. Keyingi(o`rta) 1/3 qismda qonga to`lish davom etadi.
Bu 2 qismda qon to`g`ridan to`g`ri kovak venadan bo`lmachaga, bo`lmachadan
qorinchaga tushadi. Qorinchalar diastolasining oxirgi 1/3 qismida bo`lmachalar sistolasi
kuzatiladi va qorinchalarga qo`shimcha 20% hajm tushadi.
Sistola vaqtida qonning qorinchalardan chiqishi.
Izovolemik(izometrik) qisqarish davri
.
Qorinchalar sistolasi boshlanish vaqtida
qorinchalarda bosim tezda ko`tariladi va AV klapanlar yopiladi(qorinchalardagi bosim
bo`lmachalarnikidan oshib ketgani uchun). Keyingi 0.02-0.03 sek ichida qorinchalarda
bosim yetarlichako`tarilib ketadi va bu yarimoysimon klapanlar ochilishi uchun zarur.
Shunday qilib qisqarish AV va yarimoysimon klapanlar yopiq holatda boshlanadi.
Qorinchalarning qon haydashi hali sodir bo`lmaydi va qorinchalarda qon hajmi
o`zgarmaydi, shuning uchun bu davr izovolemik(izometrik) qisqarish davri deyiladi.
Haydash davri. Qachonki chap qorinchadagi bosim 80 mm.sim.ust dan(o`ng qorinchada
esa 8 mm.sim.ust) oshsa yarimoysimon klapanlar ochiladi. Qorinchalardan qon aorta va
o`pka arteriyasiga tusha boshlaydi. Haydalayotgan qonning 70%i haydash davrining
dastlabki 1/3 qismida ya`ni tez haydash davrida yirik tomirlarga quyiladi. Qolgan 30%
haydash davrining 2/3 qismini tashkil qiluvchi sekin haydash davrida yirik tomirlarga
quyiladi.


Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi

Download 205.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling