Omarova Zamira


Download 0.75 Mb.
bet4/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1620503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
иссиклик машиналари

Izobarik jarayon: Izobarik jarayon deb, gazning o’zgarmas bosimda bir holatdan boshqa holatga o’tishiga aytiladi. Izobarik jarayonni amalga oshirish uchun porsheni erkin kuzg’ala oladigan silindrga gaz qamaymiz. Gaz qizdirilganda unga Q issiqlik miqdori beriladi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuniga binoan sistemalarga berilgan energiya qisman sistemaning ichki - energiyasiga aylanadi xamda qisman porshenni siljitishda bajarilgan ishga sarf bo’ladi (mexanik energiyaga aylanadi):
QP = ∆U + A. (5)
Izobarik jarayonda gaz bajargan ishni topaylik. Gaz bosimi o’zgarmas bo’lsa, u xolda bosim kuchi ham o’zgarmas bo’ladi:


F = pS. (6)

binobarin


A=pSh. (7)


Ammo Sh kupaytma gaz xajmining V=V2V o’zgarishiga teng. Shuning uchun


A = pV. (8)

Ish pV koordinatalar grafigida boshlang’ich izobara va oxirgi xajm koordinatalari bilan chegaralangan to’g’ri burchakli uchburchak yuzi orqali tasvirlangan. Agar grafik chizilgan mashtab ma’lum bo’lsa, u xolda ishni oson hisoblalab topish mumkin.


Izotermik jarayon: Izotermik jarayon deb, o’zgarmas temperaturada gazning bir holatdan boshqa holatga o’tish jarayoniga aytiladi. Izotermik jarayonni amalga oshirish uchun gazni oson ko’zg’aluvchan porshenli silindr ichiga, silindrning o’zini esa qat’iy ravishda o’zgarmas temperatura (2-rasmda shtrixli chizik,) saqlanib turadigan — termostat ichiga joylashtiramiz.
Gazni asta-sekin siqamiz. Bunda biz At ish bajaramiz. Termodinamikaning birinchi qonuniga binoan issiqlik miqdori quyidagiga teng bo’ladi:


QT = ∆U+AT. (9)

Gaz temperaturasi o’zgarmas bo’lgani uchun uning ichki energyasi xam o’zgarmas bo’ladi: U = const, ∆U= 0.


Shuning uchun gaz ustida bajarilgan ish gaz termostatga berishi mumkin bo’lgan Qt issiqlik miqdoriga teng:
Qt = At (10)

Agar tashqi bosimni sekin-asta kamaytirilsa (2-b rasm), gaz shunchalik sekin kengayadi. Bunda gaz At ish bajaradi va termostatdan issiqlik miqdorini, aniqrog’i bajarilgan ishga teng bo’lgan QT issiqlik miqdorini oladi:


Qt = At (11)
Shunday qilib, izotermik jarayonda gazga berilayotgan issiqlik miqdori gaz bajargan ishga teng.
Gazning pV koordinata tekisligida holat diagrammasida izotermik kengayishida bajargan ishi shtrixlangan shakl yuz( orqali tasvirlanadi

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling