Omarova Zamira
Download 0.75 Mb.
|
иссиклик машиналари
- Bu sahifa navigatsiya:
- : issiqlik mashinalari
«Blits- oyin» texnologiyasi o`quvchilarni faoliyat ketma-ketligini to`g`ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o`rganayotgan fan asosida kerakli ma`lumotlarni tanlab olishga o`rgatadi. O`quvchilar dastlab yakka holda, so`ngra guruh bo`lib topshiriqni bajarishadi.
Darsning tashkiliy qismidan so`ng, o`quvchilarga ushbu texnologiyalarni olib borish bosqichlari haqida tushuncha beriladi va bunda vazifalarni bajarilishida beriladigan vaqtga qat`iy rioya etish kerakligi eslatiladi. O`quvchilarning har biriga oldindan tayyorlab qo`yilgan tarqatma materiallar tarqatiladi. (Komp`yuterdan foydalanib, video proektor orqali ekranga uzatib ham bajarish mumkin.) o`quvchilar materiallar bilan tanishib chiqqandan so`ng, o`qituvchi ularga harakat mazmunida berilgan mavzularning dastur bo`yicha o`tilish ketma-ketligini aniqlash va mos holda raqamlar bilan belgilashni topshiradi. Mazkur tartib raqamlari «yakka baho» uchun ajratilgan kataklarga yozilishi kerakligi tushuntirildi, bu topshiriq uchun (6-10 minut) vaqt beriladi. O`qituvchi nazoratida topshiriq yakunlangach, guruh (3-5 kishidan iborat) kichik guruhlarga ajratiladi. Buni o`qituvchi raqamlar yoki rasmlar to`plami yordamida amalga oshirish mumkin. Masalan, guruhda 20 o`quvchi bo`lsa, bir xil rasmdan 4 dan stol ustiga ag`darib qo`yib, bir xil rasm tanlagan o`quvchilardan kichik guruhlarni tashkil qiladi. Endi yuqoridagi aniqlanishi kerak bo`lgan ketma-ketlikni har bir guruh birgalikda, maslahatlashib bir fikrga kelishi va to`g`ri deb topilgan javob ketma-ketligi «guruh bahosi» uchun ajratilgan katakka qo`yilishi talab qilinadi. Bu vazifani bajarish uchun ham ma`lum (15-20 min.) vaqt beriladi. Bu vaqt davomida o`qituvchi aylanib guruhlarga ko`rsatmalar berib turadi. Texnologiyaning keyingi bosqichi o`qituvchining to`g`ri javobni e`lon qilish va shu uchun ajratilgan kataklarni to`ldirishdan iborat bo`ladi. «To`g`ri javob» va «yakka baho» bo`limlarining kattasidan kichigi ayriladi hamda natija son jadvalining «yakka xato» kataklariga yoziladi. Shu alfozda keyingi bosqichni «guruh xatosi» bo`limini to`ldirish bilan yakunlanadi. Xatoliklar hisoblangach, o`qituvchi tomonidan ularga izoh beriladi: -agar «yakka xato», «guruh xatosi»dan yuqori bo`lsa, u holda o`quvchi guruhning fikrini inobatga olgan va undan to`g`ri xulosa chiqargan bo`ladi; -agar aksincha bo`lsa, o`quvchi o`z fikrini guruh oldida etarlicha himoya qila olmaganligi va qat`iyatliroq bo`lishli kerakligi haqida tushuncha berish mumkin. O`quvchilarni baholash tartibini «xato»liklar yig`indisiga qarab yoki o`quvchilar bahosining to`g`ri javob bilan mosligiga qarab baholash mumkin. Masalan, 13 tadan 7-9 ta mos kelsa «3» va 10-11 ta to`g`ri javobga «4» va 12-13 ta to`g`ri topilgan javob uchun «5» baho qo`yilishi mumkin. «Blits-o`yin» texnologiyasini qo`llashning yana bir usuli haqida to`xtalamiz. Ushbu usulni qo`llash o`quvchilarning mantiqiy mohiyatini tushunishga o`rgatadi. Blits-o`yin texnologiyasidan foydalanishni «issiqlik mashinalari » darsi misolida quyidagicha tadbiq etish mumkin.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling