Omarova Zamira
Download 0.75 Mb.
|
иссиклик машиналари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala. Yakka baho Yakka xato
- “Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiat muxofazasi” mavzusini o’tishda didaktik materiallardan foydalanish
- Darsning usuli
- Rivojlantiruvchi
- Asosiy tushuncha va atamalar.
- II. O’tgan mavzuni mustahkamlash
- III. Yangi mavzuni bayoni Reja : Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni.
Ushbu texnologiyalardan o`quvchilarning mantiqiy fikrlarishi shakillantirish va takomillashtirish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Yuqoridagi ketma-ketliklar bajarilib, trening natijasiga e`tibor berilsa, deyarli barcha ketma-ketliklarning hammasini raqamlar bilan baholab chiqqanligining guvohi bo`lishimiz mumkin. Bu esa, o`quvchilarning standart holatlarga ko`nikib qolganligidan dalolat beradi. O`quvchilarga to`g`ri javobni e`lon qilib, ularning ziyrakligi, berilayotgan har bir masala haqida mantiqiy mulohaza yuritishi, nostandart vaziyatlarda sarosimaga tushib qolmasliklari va vaziyatga ijodiy yondashish ko`nikmasi muhim ekanligi e`tirof etiladi. Vaholanki, bu shartlar barkamol avlodni tarbiyalashdagi asosiy talab va ko`rsatkichlar hisoblanadi. 2.2. Talabalarga “Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiat muxofazasi” mavzusini o’tishda didaktik materiallardan foydalanish Dars ishlanmasi Dars mavzusi : “Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiat muxofazasi” Dars vaqti : 80 minut Darsning blok chizmasi :
Darsning usuli : Ma’ruza noananaviy Darsning maqsadi : a) Ta’limiy maqsad : Talabalarga yangi mavzuni to’liq tushuntirib berish. b) Tarbiyaviy maqsadi : Talabalarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash. Dars davomida talabalarga ahloqiy manaviy elementlarini singdirish s) Rivojlantiruvchi : Talabarlarga yangi bilim berish Dars materiallari va jihozlari Al va KXK lari uchun fizika kitobi (1-qism) Doska, bo’r Darsga tegishli bo’lgan plakatlar (2) va slaydlar (1) tarqatma materiallar namoyishi Kompyuter proyektor , kodoskop, elektron darslik. Asosiy tushuncha va atamalar. Issiqlik dvigatellari ; bug’ mashinasi ; ichki yonish dvigateli; karburatorli dvigatel dizel; reaktiv dvigatel ; Tabiatni muxofaza qilish I. Tashkiliy qism : Salomlashish Davomatni aniqlash Manaviy va ma’rifiy qism. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash 1.Issiqlik mashinasi deb qanday qurilmaga aytiladi? 2.Sikl deb nimaga aytiladi? 3. Issiqlik mashinasi foydali ish koeffitsiyenti (FIK)? 4. Karno sikli FIK ning temperaturalar orqali ifodasi? 5. FIK ishchi moddaning turiga bog'liqmi? 6. FIK isitkich va sovitkichlarning temperaturalariga bog'liqmi? 7. Qanday mashinalar to’g’ri siklda ishlaydi? 8. Sovitkich qanday prinsipda ishlaydi? 9. Issiqlik mashinasining FIKni ko'tarish uchun nima qilish kerak? 10. Sovutishga qanday erishiladi? III. Yangi mavzuni bayoni Reja : Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiat muxofaza qilish Issiqlik dvigatellari. Issiqlik dvigatellariga bug' mashinasi, bug' turbinasi, ichki yonish dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi. Bug' mashinasi. Bug' mashinalari va bug' turbinalarida isitkich vazifasini bug' qozoni, ishchi modda vazifasini bug', sovitgich vazifasini esa atmosfera yoki ishlatilgan bug'ni sovitish qurilmasi kondensator bajaradi. Ichki yonish dvigateli. Ichki yonish dvigatelida isitkich va ishchi modda vazifasini yonilg'i, sovitgich vazifasini esa atmosfera o'taydi. Odatda, yonilg'i sifatida benzin, spirt, kerosin va dizel yoqilg'isi lshlatiladi. Maxsus qurilma (masalan, benzinli dvigatellarda karburator) yordamida yonilg'i va havo aralashma ko'rinishida tayyorlanib, silindrga uzatiladi. Silindrda esa aralashma yonadi. Yonish mahsulotlari esa iimosferaga chiqarib tashlanadi. Endi ba'zi turdagi dvigatellarga batafsil to'xtalamiz. Karburatorli dvigatel. To'rt taktli karburatorli dvigatelning ish prinsipi va ishchi diagrammasini ko'raylik (6-rasm). Tashqi kuchlar ta’sirida porshen pastga qarab harakatlanganda (6- a rasm), kiritish klapani ochilib, ishchi aralashma silindrga, tushadi. Jarayon atmosfera bosimi ostida izobarik ravishda ro'y beradi. Porshen eng quyi holatga yetganida kiritish klapani yopilib, birinchi takt (surish takti) tugaydi: grafikda jarayon 0—1 to'g'ri chiziq bilan ko'rsatilgan Ikkinchi (qisish) takti ham (6- b rasm) tashqi kuch ta'sirida ro’y beradi. Har ikkala klapan ham yopiq va gaz adiabatik ravishda qiziydi. Bu grafikda 1—2 chiziqqa to'g'ri keladi. Uchinchi takt ish jarayonida chaqnab yonish (6- d rasm). Porshen eng yuqori holatga yetganida o't oldiruvchi svecha uchquni aralashmani yoqadi va gazning bosimi keskin ortadi. Grafikda bu 2 — 3 izoxorik jarayonga mos keladi. Klapan yopiq turib, porshen pastga qarab harakatlanadi, ya'ni adiabatik ravishda kengayadi. 3—4 chiziq ishchi yurish deyiluvchi taktga to'gri keladi (6- d rasm). Ko'rinib turibdiki, bu taktda gazning bosimi pasayadi, hajmi ortadi, temperaturasi pasayadi. Bu holda bajarilgan ish musbat bo'lib, u gaz ichki energiyasining kamayishi hisobiga bajariladi. To'rtinchi takt chiqarib tashlash (6-e rasm). 6-rasm. Porshen eng pastga yetganida chiqarish klapani ochilib, yonish mahsulotlari chiqarish moslamasi orqali atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Gazning bosimi pasayadi va takt oxirida atmosfera bosimiga teng bolib qoladi. Grafikdi bu izoxorik jarayon 4— 1 chiziq bilan ko'rsatilgan. Porshen maxovik energiyasi hisobiga yuqori holatiga qaytadi va takt tugaydi. Ko'rilgan yopiq jarayonda — bajarilgan ish jarayonlar chiziqlar bilan ajratilgan, shtirixlangan shaklning yuzasiga teng bo'ladi. Grafikni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, 3— 4 qismdagi kengayish 7 — 1 qismdagi qisilishga nisbatan kattaroq bosimda ro'y beradi. Aynan shuning natjjasida dvigatel foydali ish bajaradi. 3 — 2 va 4— 1 izoxorik jarayonlarda ( V= const) ish nolga teng va yuqorida qayd etilganidek foydali ish adiabatik kengayish va siqilishlarning farqlari bilan aniqlanadi. Amalda ichki yonish dvigatellarining FIK 20 — 30% ni tashkil etadi. Ularning FIK ni orttirish uchun esa aralashmani ko'proq siqish kerak. Lekin ichki yonish dvigatellarida yonilg'i aralashmasini qatttiq siqish mumkin emas, chunki siqilgan yonilg'i qizib, o'z-o'zidan yonib ketishi mumkin. Bu esa dvigatelning ish prinsipini buzadi. Dizel. Olmon muhandisi Dize1 yuqoridagi qiyinchiliklardan xoli va FIK ancha yuqori bo'lgan dvigatelni yaratdi. Dizellarda siqish darajasi ancha yuqori bo'lib, uning oxirida havoning temperaturasi, yoqilg'i o’z- o'zidan o't olishi uchun yetarli darajada baland bo'ladi. Yoqilg'i esa karburatorli dvigatellarnikidek birdaniga emas, balki asta-sekin, porshen harakatrning biror qismi davomida yonadi. Yoqilg'ining yonish jarayoni ishchi bo'shliqning hajmi ortib borishi davomida ro'y beradi. Shuning uchun ham gazlarning bosimi ish davomida o'zgarmay qoladi. Shunday qilib, dizelda aralashmaning yonish jarayoni o'zgarmas bosimda ro'y beradi. Karburatorli dvigatellarda esa bu jarayon o'zgarmas hajmda ro'y berar edi. Dizel, karburatorli dvigatelga qaraganda tejamamkorroq bo'lib, FIK ham ancha yuqori, qariyb 40% ni tashkil qiladi. Uning quvvati ham ancha katta bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, ancha arzon yoqilg'ida ham ishlayveradi. Dizellar statsionar qurilmalarda, temir yo'l, havo va suv transportlarida keng qo'llaniladi. Hozirgi paytda kichik quvvatli dizellar avtomashina va traktorlarda ham ko'p ishlatilmoqda. Reaktiv dvigatel. 10- rasmda reaktiv dvigatelning sxemasi keltirilgan. Uning ish prinsipi quyidagicha. Samolyot uchganda qarshidan kelayotgan havo oqimi bosim hosil qiladigan soplo orqali o'tib, forsunka sochayotgan yoqilg'ini qo'shib oladi. Hosil bo'lgan ishchi : yoqilg'i so'ngra yonish kamerasiga tushadi va o't oldiruvchi svecha yordamida yonadi. Ishchi aralashmaning yonishi natijasida hosil bo'lgan katta tezlik bilan chiqarish tirqishi — soplo orqali chiqarib tashlanadi. Aralashmaning yonishi bosimning keskin ortishiga olib keladi va natijada soplodan chiqadigan gazning tezligi dvigatelga kirayotgan gazning tezligidan juda katta bo’ladi. Aynan shu tezliklar farqi natijasida harakat miqdorining saqlanish qonuniga muvofiq reaktiv tortish kuchi vujudga keladi. Hozirgi issiqlik mashinalarining FIK 40% dan (ichki yonish dvigatellari) 60% gacha (reaktiv dvigatellar) bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham olimlar mavjud dvigatellarni takomillashtirish yo'lida tinimsiz izlanishlar olib borishmoqda. Shu bilan birga, ichki yonish dvigatellarining tinimsiz ko'payib borayotganligi tabiatga va atrof muhitga katta xavf tug'dirmoqda. Ekologik toza dvigatellarni yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling