Omarova Zamira
Download 0.75 Mb.
|
иссиклик машиналари
Adiabatik jarayon: Adiabatik jarayon deb, shunday jarayonga aytiladiki, bunda sistema issiqlik almashinuvi natijasida energiya olmaydi ham va energiya bermaydi ham. Boshqacha aytganda, adiabatik jarayonda
Q = 0 (12) Bunday jarayonni amalga oshirish uchun gazni devorlar» atrofidagi jismlar bilan issiqlik almashinuvida bo’lmaydigan idishga qamash kerak. Termodinamikaning bosh qonuniga binoan Q = ∆U+A (13) Adiabatik jarayonda Q = 0 bo’lgani uchun ∆U+A = 0 bo’ladi. Bundan ∆U= — A yoki — ∆U = A (14) Birinchi holatda gaz tashqi kuchlar ta’siri ostida adiabatik siqiladi. Bunda gaz qiziydi, uning ichki energyasi esa ortadi. Ikkinchi xolatda gaz adiabatik kengayib ish bajaradi. Bunda gaz soviydi va uning ichki energyasi kamayadi Izotermik va adiabatik jarayonlarning grafiklari tasvirlangan 3-rasmda gaz kengayganda adiabata grafigi pastdan o’tadi. Bu adiabatik kengayishda gazning bosimi hajm ortishi xisobiga kamaygani kabi gazni sovish natijasida ham kamayishi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun gaz adiabatik kengayishda izotermik kengayishdagiga nisbatan kam ish bajaradi. Adiabatik kengayishda bajarilgan ishni xisoblaylik. Bu xolda Q = 0 Bo’lgani uchun A= — ∆U (15) Biroq ichki energiyaning o’zgarishi ∆U= (16) formuladan aniqlanadi. Binobarin, A= — (17) yoki A= — (18) Gaz adiabatik siqilganda shu gazni izotermik siqilgandagiga qaraganda bosim tezroq ortadi, bu holda bosimning ortishi faqat xajmni kamayisi bilan xam tushuntiriladi (3-rasmga qarang). Binobarin, adiabatik siqilganda tashqi kuchlar bajargan ishi izotermik siqilgandagiga nisbatan katta bo’ladi. Biz muxim termodinamik jarayonlarni o’ta sodda termodinamik sistema — ideal gaz misolida qarab chiqdik. Biroq hosil qilingan qonuniyatlar istalgan boshqa termodinamik sistemalar uchun qo’llaniladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling