Omila texnikasi Reja
Tafakkur-aniq tafakkur va abstrakt tafakkur
Download 26.13 Kb.
|
7-mavzu k.p. (2)
Tafakkur-aniq tafakkur va abstrakt tafakkur deb ikkiga bo`linadi. Agar biz fikr yuritilayotgan narsani idrok qilsak yoki tasavur qilsak, bu tafakkur aniqtafakkur deb ataladi. Bizning o`zimiz shu onda turgan xonamiz to`g`risidagi muhokamalarimiz mana shunday aniq tafakkurning bir misolidir. Biz tasavur qi-lishimiz mumkin bo`lgan biror daryo to`g`risidagi, biror qurilish to`g`risidagi, biror tarixiy voqealar to`g`risidagi muhokamalar ham aniq tafakkurga misol bo`la oladi. Bu-narsalarning obrazlariga bevosita tayanuvchi tafakkurdir. Bu-yaqqol tafakkurdir. Aniq tafakkur ham predmetli-yaqqol tafakkur va yaqqol-obrazli tafakkur deb ikkiga bo`linadi. Tafakkur obekti bevosita idrok qilinadigan tafakkur predmetli-yaqqol tafakkur deb ataladi. O`zimiz turgan xona to`g`risidagi, biz derazadan ko`rib turgan daraxt to`g`risidagi muhokamalarimiz mana shunday predmetli-yaqqol tafakkurga misol bo`la oladi. Predmetli-yaqqol tafakkur faqat muhokamalardagina emas, shu bilan birga bevosita harakatlarda ham namoyon bo`ladi. Bunday tafakkur predmetli harakatli tafakkurdir. Tafakkurning bu turini, masalan, kubiklarni u yoki bu tartibda terayotgan yoki joylashtirayotgan bolalarda ko`rish mumkin. Katta yoshdagi kishilar ro`zg`orga taalluqli turli buyumlar bilan va xilmaxil mehnat qurollari bilan ish olib borayotganlarida ularning kundalik amaliy faoliyatida ham mana shunday tafakkur ishga solinadi. Tafakkur qilinayotgan narsani idrok qilmasdan, balki faqat tasavur qilgan vaqtimizdagi tafakkur obrazli-yaqqol tafakkur deb ataladi. Bunday tafakkur xotira tasavuriga yoki xayol tasavuriga tayanadi. Kecha bo`lib o`tgan voqealar to`g`risidagi muhokamalar, marsda hayot bormikin, deb qilayotgan bizning muhokamalarimiz yaqqol-obrazli tafakkur namunalari deb hisoblanishi mumkin. Abstrakt tafakkur aniq tafakkurdan o`zining g`oyat kengligi bilangina farq qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, voqelikni juda chuqur bilishga imkon berishi bilan ham farq qiladi. Bunda biz bir hukmning o`zida hamma narsalarga va hodisalarga aloqador bog`lanishlar va qonunlar to`g`risida fikr yuritishimiz mumkin. Ayrim abstrakt muhokamalarda biz idrok ham qilib bo`lmaydigan, tasavur ham qilib bo`lmaydigan narsalar to`g`risida fikr yuritishimiz mumkin. Biz tabiat to`g`risida, umuman qonun to`g`risida, miqdor to`g`risida, sifat to`g`risida, tenglik to`g`risida, borliq to`g`risida abstrakt fikr yuritishimiz mumkin (va fikr yuritamiz). Biz cheksizlik to`g`risida ham fikr yuritishimiz mumkin.
Download 26.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling