Omila texnikasi Reja


Klassifikatsiya va sistemaga solish


Download 26.13 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi26.13 Kb.
#1591552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu k.p. (2)

Klassifikatsiya va sistemaga solish. Atrofdagi olamni bilish uchun bitta narsani emas, balki ko`pchilik va xilmaxil narsalarni o`rganishga to`g`ri keladi. Shu sababli o`rganish uchun qulaylik tug`dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda mana shu ko`pchilik narsalarni guruhlarga turkumlarga bo`lishga to`g`ri keladi. Ko`pchilik narsalarni (narsalarni va hodisalarni) guruhlarga bo`lish klassifikatsiya yoki turkumlarga bo`lish deb ataladi. Narsalarning umumiy belgisi borligi ularni biror jihatdan bir-biriga o`xshash qilib qo`yadi. M: kutubxonada kitoblar muqovasiga, formatiga, mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlarga bo`linadi. Turkumlarga bo`lish uchun asos qilib olingan belgi turkumlarga bo`lishning asosideb ataladi. Sistemaga solish shundan iborat bo`ladiki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisalar va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o`rniga qarab yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makoniy xronologik va mantiqiy belgilar asosida sistemaga solish turlari ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtlarning boqqa o`tqazilishi makoniy sistema namunasi bo`la oladi.
Tafakkur shakllari va individual xususiyatlari. Hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar tafakkurning shakllari deb ataladi. Hukm- juz`iy, taxminiy shartli tasdiqlovchi Tushuncha- yakka, konkret umumiy abstrakt xususiy to`planma Xulosa chiqarish-induktuv, deduktuv, analogik. Hukm tafakkur qilish jarayonida, ayrim fikr yuritish operatsiyalarida bizda paydo bo`ladigan fikrlar hukm tariqasida shakllanadi. Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Misol: «Bu stol-yog`och stol», «Tuyaqushlar ucha olmaydi», «Hamma fanlar foydali». Hukmda biror nima haqida yoki biror kimsa haqida tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsa hukm mavzui bo`ladi. Hukmlarda buyumda biror belgilarning borligi yoki yo`qligi uning boshqa buyumlar bilan bog`lanishi va munosabatlari tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Shu sababli hukmlar sifatiga qarab bir-biridan farq qilinib, tasdiqlovchi hukm va inkor qiluvchi hukm deb aytiladi. Shu hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar esa hukmlarning mazmunini tashkil qiladi. Hukmning gapdan farqi faqat shuki, hukmdagi ega va kesim so`zlardan emas, balki idroklardan, buyum va uning to`g`risida so`z bilan ifodalanadigan tasavur va tushunchalardan iborat bo`ladi. Shu sababli, hukmning so`z bilan ifodalanishi uchun ham tilning grammatik tuzumi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Masalan: «Toshkent — O`zbekistonning poytaxti», «Bugun havo ochiq», Buyumlarning bir butun turkumiga taalluqli hukmlar umumiy hukmlrtf deb ataladi. Masalan, «Motorlarning hammasi elektr tokini o`tkazndb, Buyumlarning biror turkumi qismigagina taalluqli bo`lgan hukmlar juziy hukmlar deb ataladi. Masalan, «Ba`zi jismlar elektr tokini o`tkazmayi” Voqelikka muvofiq bo`lgan, shu voqelikni to`g`ri aks ettiradigan hukmlar chinakam hukmlar deb ataladi. Masalan, «Andijon O`zbekistonning eng yirik sanoat shahridir» degan hukmlar chinakam hukmlardir. Chin yoki yolg`on hukm bo`lib chiqishi mumkin bo`lgan, ya`ni buyumga muvofiq kelishi mumkin bo`lgan, muvofiq kelmasligi ham mumkin bo`lgan hukmlar taxminiy hukmlar deb ataladi. Masalan, «ehtimol, Marsda hayot bordir» kabi. Taqqoslash, analiz va sintez qilish, abstraktlashtirish va umumiylashtirish jarayonlarida avalo bizning sezgi organlarimiz bevosita sezib olishi mumkin bo`lgan hodisalar va narsalarning xususiyatlari, ularning bog`lanishlari hamda munosabatlar aks ettiriladi. Shu yo`l bilan bizda bevosita idrok va tasavurlarga asoslangan hukmlar hosil bo`ladi. Masalan, «Kecha bugungiga qaraganda issiqroq bo`ldi» (taqqoslash), «Daraxt ildizlar, tana, butoqlar, shoxlar va barglardan iborat bo`ladi» (analiz) degan hukmlar mana shunday hukmlardir. Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikning miqdoriga, ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo`linishi mumkin:
1) tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm. Hukmlarning ushbu asoslarga tayanib bo`linishi sifatga qarab bo`linishi deb ataladi;
2) yakka, juz`iy, xususiy va umumiy hukmga ajratilishi mumkin.
Hukmlarning bunday belgilarga binoan bo`linishi miqdorga qarab bo`linishi deyiladi;
3) shartli, ayiruvchi va qat`iy hukm singari ko`rinishlar mavjud bo`lib, u hukmlarning munosabatga qarab bo`linishi deb ataladi; hukm taxminiy ko`rinishga ega bo`lishi ham mumkin. Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechog`lik muhim bo`linishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga bog`liq.

Download 26.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling