Omila texnikasi Reja
Download 26.13 Kb.
|
7-mavzu k.p. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4. Muloqot jarayoni, uning maqsadi, vazifalari va turlari
- Muloqotning vazifalariga quyidagilar
Muomala deb – birgalikda faoliyat qilayotgan kishilar o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning rivojlanish jarayoniga aytamiz. Shaxslararo muomalaning 3 ta tomonini ajratib ko’rsatamiz:
1. Kommunikatsiya (Axborot ayirboshlash). bunda kishilar bir-biridan nimanidir so’raydi, nimanidir aytadi va tushuntiradi. Bu jarayonda tomonlar bir tildan foydalanishi zarur. 2. Interaktiv. Bunda odamlar hatti-harakat yordamida muomalani amalga oshiradi. 3. Pertseptiv. Muomalada bo’layotgan kishilar bir-birlarini to’g’ri idrok qilishlari, tushunishlari va hurmat qilishlari shart, shundagina ijobiy muomala amalga oshadi. Har qanday muloqotning eng elementar funktsiyasi –suhbatdoshlarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o’zbeklarda samimiy salom-alik, suhbatdoshni ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi – u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo’li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o’zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning (muomalaning) asosan uch vositasi (turi) farqlanadi: 1. Verbal ta’sir – bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlardir. Ma’lumki, nutq – bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi – so’zlar hisoblanadi. 2. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omildir. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. 3. Noverbal ta’sir (verbal bo’lmagan muomala) ning ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunda biz albatta ichki nutqdan foydalanamiz. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonida yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Shaxslararo muomalada so’zlar – til asosiy vosita hisoblanadi. Bizning fikrlarimiz so’zdagina o’zining qobig’iga ega bo’ladi. Tilning eng muhim funktsiyalaridan biri - til ijtimoiy tarixiy tajribani berish va uzlashtirish vositasidir. Har bir kishining hatti-harakati va faoliyati kishilikning ijtimoiy tarixiy tajribasiga bog’liq holda rivojlanadi. Kichkina bola dunyoni mustaqil suratda bilib olmaydi. U bilimlarning bir qismini ota-onasidan so’rab, savollar berib o’zlashtiradi. Boshqa bir qismini o’zaro munosabatlarda, asosan, til yordamida o’zlashtiradi. Yana bir qism bilimlarni maktabda, pedagoglardan o’rganadi (til yordamida). Bilimlarning anchagina qismini kitoblardan o’qib o’rganadi (yana til yordamida). Bu tilning kommunikatsiya funktsiyasidir. Tilning ikkinchi vazifasi (funktsiyasi) – til interaktsiya vositasidir. Ma’lumki, kishining hatti-harakati va faoliyati, ko’pincha, ijtimoiy qimmatga ega bo’lmagan o’zga kishilarning bevosita tajribalari bilan ham belgilanadi. Tilning uchinchi vazifasi–kishining o’z tajribasi va ijtimoiy tajriba asosida o’z hatti-harakatlarini boshqarish bilan bog’liq. Odam biror muammoli vaziyatlarda o’z tajribasigagina asoslanib qolmay, boshqa kishilarning tajribalariga, umuman jamiyat tajribasidan ham foydalanadi. Bunday rejalashtirish va umuman fikriy masalalarni hal qilish kishining asosiy quroli tildir. 7.4. Muloqot jarayoni, uning maqsadi, vazifalari va turlari Ma’lumki hayvonlar olamidagi aks ettirish shakllari, ularning «tillari» ijtimoiy tajribani uzatish va bu tajribani keyingi avlod tomonidan o’zlashtirish imkonini bermaydi. Shaxsning rivojlanishi, uning ongining shakllanishi, uning individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy bog’liq. Kishilarda tilning mavjudligi tufayli ular ijtimoiy tajribani uzatadilar va o’zlashtiradilar. Muloqot jarayoni quyidagilardan iborat: a) individlarning o'zaro ta'sir jarayoni; b) individlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni. Insonlar muomala munosabatlar tizimida muloqotning quyidagi maqsadlari mavjud - Faktlarni va shaxsning bu faktlarga bo'lgan munosabatini aniqlash. - tarbiyaviy maqsad, ya'ni muloqot tarbiyaviy ta'sirga ega bo'lishi kerak. - Ziddiyatli holatlarda muloqot o'rnatish, bunda ikkala tomonning qiziqishlari bir joydan chiqmasligi natijasida muloqot shakli yuzaki, rasmiy bo'lib qolishining oldini olish. Muloqotning vazifalariga quyidagilar kiradi: 1.Suhbatdoshlarning o'zaro bir - birini tushunishlarini ta'minlash; 2.Ijtimoiy tajribaga asos solish (mauglilar); 3.Odamni u yoki bu faoliyatga hozirlash, ruhlantirish. Download 26.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling