Omila texnikasi Reja
Kasbni egallashda tafakkurning o`rni va kasb turlarida tafakkurni namoyon bo`lishi
Download 26.13 Kb.
|
7-mavzu k.p. (2)
7.2.Kasbni egallashda tafakkurning o`rni va kasb turlarida tafakkurni namoyon bo`lishi.
Tafakkur turlari. Odamlarning ehtiyojlari, hayotiy qiziqishlari va faoliyatlari juda xilma-xildir. Odamlar o`zlarining qiziqishlari layoqatlariga qarab kasb tanlaydilar. Shu sababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon bo`ladi. Bilish uchun kerak bo`lgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga to`g`ri kelib qolinganida, shuningdek, boshqa odamlarning fikrlarini nutq orqali va amaliy muomalada bilib olishga, tushunib olishga to`g`ri kelinganida odam o`z fikrini ishlatadi. Mana shundan ijodiy tafakkur va tushunish deb ataladigan tafakkur kelib chiqadi. Tafakkurning faolligi qay turda bo`lishiga qarab, u ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkurga bo`linadi, tafakkurning umumiylashganlik darajasiga qarab, u aniq va abstrakt tafakkurga, yo`nalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafakkurga bo`linadi. Ijodiy tafakkur va tushunish. Paydo bo`lgan savollarning javobini odam o`zi qidirib topsa, qo`yilgan vazifalarni odam o`zi hal qilsa, odamning ongida yangi hukmlar va tushunchalar paydo bo`lsa, bunday hollarda ijodiy tafakkur paydo bo`ladi. Ijodiy tafakkur ko`proq musiqachilarda, muxandislarda, adabiyotshunoslarda uchraydi. Savollarning paydo bo`lishi yoki qo`yilganligi fikr qilish, tafakkur jarayonlaridagi boshlang`ich momentdir (yoki fazadir). Inson faoliyatining hamma turlarida uning ehtiyojlari sababli savollar paydo bo`laveradi, faoliyat jarayonining o`zida bizda yangi savollar tug`iladi, yangi vazifalar qo`yiladi. Nutq orqali muomala qilganimizda, kitoblarni o`qiyotgan vaqtimizda, narsalarni ko`zdan kechirayotganimizda, texnikaga va mexanikaga doir xilmaxil mashinalar bilan tanishayotganimizda va shu kabi hollarda bizda turli savollar tug`iladi. Tafakkur jarayonining o`zi ham, bilish jarayonining o`zi ham muttasil har xil savollar tug`ilishiga sabab bo`ladi. Odam qanchalik ko`p bilaversa, uning oldida noma`lum narsalar shu qadar ko`p paydo bo`laveradi, unda shu qadar ko`p savollar tug`ilaveradi va uning o`zi shu qadar ko`p savol beraveradi. Bilishga qiziqish savollar qo`yishda katta rol o`ynaydi. Kundalik hayotda shunday ham bo`ladiki, savol berilishi bilan darrov uning javobi ham topiladi. Masalan, «Bugun nima kun?» «Bugun shanba», «ikki marta uch qancha bo`ladi?» «Ikki marta uch — olti». Shunday qilib, bunday tafakkur jarayonida savolga javobni idrok qilinayotgan yaqin vaziyatning o`zi beradi yoki hammaga ma`lum ochiq-oydin haqiqatlar javob bo`lib xizmat qiladi. Kundalik hayotimizdagi nutqni bevosita tushunishning o`zi ham oddiy tafakkurga taalluqlidir. Bu-tafakkurning oddiy, elementar jarayonlaridir. Ijodiy tafakkur to`g`risida gapirganimizda biz murakkab aqliy jarayonni nazarda tutamiz. Bu jarayon bir qancha bosqichlar (yoki fazalar) va momentlardan iborat bo`ladi. Ijodiy tafakkur murakkab jarayon bo`lib, bu murakkab jarayonda qo`yilgan savol ketidan (shu savolning murakkabligiga qarab) dastlab vazifa ifodalanadi, so`ngra esa vazifani, masalani echish jarayoni, ya`ni qo`yilgan savollarga javob qidirish jarayoni boshlanadi. Vazifa, masala yechilishi, hal qilinishi talab etilgan savoldir. Ifodalangan vazifa maqsadni ham o`z ichiga oladi. Bu maqsad noma`lumni topishga va shu tariqa hayronlik, taajjublanish va gumon hislaridan qutu-lishga intilishdan iboratdir. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkur jarayonlari Boshqa aqliy jarayonlar singari, tafakkur jarayoni ham, ixtiyoriy va ixtiyorsiz sodir bo`lishi mumkin. Boshqa aqliy faoliyat turlariga (idrok, esda qoldirish, esga tushirish, xayolga) nisbatan tafakkur ko`proq ixtiyoriy jarayondir. Fikrlash faoliyatida ko`pincha maxsus savollar qo`yiladi, masalalar ifodalab beriladi. Tafakkur jarayonlari ixtiyorsiz tarzda ham bo`ladi. Bunda ixtiyorsiz jarayonlar ko`pincha ixtiyoriy tafakkur bilan chambarchas chirmashib ketadi. Ba`zan faoliyatning turli sohalariga: maishiy, amaliy, ilmiy-bilish faoliyatlariga doir savollar beixtiyor tug`ilib qoladi. Qo`yilgan savollarning javoblari ham, xuddi shuningdek, ba`zan beixtiyor qidiriladi va topiladi. Shunday hollar ham bo`ladiki, ixtiyoriy ravishda zo`r berib, fikr qilingan vaqtda hal etilmay qolgan masalalar biroz vaqt o`tgach, biz kutmagan holda, o`z-o`zidan hal qilinib qoladi. Yirik mutafakkirlar beixtiyor fikr qilib turgan paytlarida ilmiy kashfiyotlar qilganliklari singari hollar ham oz emas. Chunonchi, shu narsa ma`lumki, qadimiy grek mutafakkiri Arximed solishtirma og`irlik qonunini shu masala ustida zo`r berib fikr qilgan vaqtida kashf qilolmasdan, balki o`zi sira kutmagan bir paytda, vannada cho`milib turgan vaqtida beixtiyor kashf qilgan. Mendeleevning aytishiga qaraganda, u elementlarning davriy sistemasi jadvalini tuzmoqchi bo`lib, uch kecha-kunduz tinmay ishlagan. Ammo shunda ham bu vazifani hal qila olmagan. Shundan keyin juda charchab o`rniga yotganu, shu onda uxlab qolgan. «Men tushimda,-deydi Mendeleev,-shu elementlar batartib joylashtirib qo`yilgan jadvalni ko`rdim». Mendeleev darhol o`rnidan turib, shu jadvalni bir parcha qog`ozga yozib qo`ygan. Masalaning bunday beixtiyor ravishda, kutilmagan holda hal etilishi ilgari zo`r berib qilingan, lekin bitmay qolgan tafakkur jarayonining tugallanishi bo`lsa kerak. O`zlari masalani mana shunday beixtiyor hal etgan va shu jarayonni kuzatgan kishilar bu jarayonni mana shu tariqa izohlab berganliklarini ko`ramiz. Masalan, professor Bexterevning aytishiga qaraganda, u tushida yoki ertalab uyg`onishi bilanoq, masalani to`satdan yechishga muvaffaq bo`lar ekan. Bunday hollarda o`rganilayotgan masala ustida uxlashdan oldin ham qattiq o`ylash va diqqat-e`tiborni shu masalaga to`plash katta rol o`ynaydi. Aniq va abstrakt tafakkur Download 26.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling