Omila texnikasi Reja


Download 26.13 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi26.13 Kb.
#1591552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu k.p. (2)

Abstrakt tafakkur haqiqatga erishishga va voqelikni yana ham chuqurroq hamda to`laroq bilishga olib boradigan yo`llardir. Ammo biz abstrakt tafakkurning xususiyatlari to`g`risida gapirganimizda shuni nazarda tutishimiz lozimki, bu tafakkur va aniq tafakkur odamning yaxlit tafakkurini tashkil qiladi, bu ikkala tafakkur bir-biriga chambarchas bog`langandir. Bu bog`lanish avalo shundaki, abstrakt tafakkur tarixan aniq tafakkur asosida taraqqiy qilgan. Xuddi shuningdek, har bir kishining individual hayotida ham abstrakt tafakkur aniq tafakkur asosida taraqqiy qilgan. Bolaning eng dastlabki tafakkuri aniq tafakkurdir. Bolaning aniq tafakkuri jarayonida tushunchalar hosil bo`la boshlaganida va shu tushunchalar o`zlashtirila boshlaganidagina shu paytdan boshlab, bolada abstrakt tafakkur ham pay do bo`ladi.
Nazariy (izohlovchi) va amaliy tafakkur. Tafakkurning yo`nalishiga qarab nazariy va amaliy tafakkurga ajratiladi. Hodisalarni izohlashga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Biror narsani izohlab berish noma`lum narsani ma`lum qilish demakdir. Buning uchun esa noma`lum narsani ma`lum narsa bilan bog`lash lozim. Demak, turli va ayrim tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishlar munosabatlarni ochib berish hamda shu bog`lanishlarni muhokoma qilishda izohlab berish kerak bo`ladi. Izohlovchi tafakkur jarayonlarida bir qancha savollarga, masalan: «Uning o`zi nima?», «Nega?», «Nima sababdan?», «Nima uchun?», kabi savollarga javob beriladi. Masalan: «gul o`simlikdir», «Psixologiya -fandir», «Ko`cha ho`l, chunki yomg`ir yog`yapti». Mana shu misollarning ham masida biz hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlar va munosabatlarni qayd qilamiz va ochib beramiz, izohlaymiz.
Voqelikni o`zimiz xohlaganimizdek o`zgartirishimiz natijasida yangi bir hodisa paydo bo`lganligi, voqelik qayta ko`rilganligi, biror real mahsulot vujudga keltirilganligi, masalan, stol, mashina, uy va shu kabilar vujudga keltirilganligi sababli, amaliy tafakkur konstruktiv tafakkur ham deb ataladi.
7.3. Muloqot. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni.
Muloqot - odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida etakchi o'rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o'zini shaxs deb hisoblash bilan bog'liq ehtiyojini qondiradi. Shuningdek, muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa bo'lib, faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan, insonlar o'rtasida o'zaro axborot almashish, idrok qilish, tushnib olish va baholash jarayoni hisoblanadi. Muloqot jarayoni shaxslarning qiziqishlari, dunyoqarashlari, muomla va madaniyatlari bilan uzviy bog'liq.
Shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi - uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu Shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Insoniy munosabatlar o’zaro shunday ta’sir jarayonlariki, unda Shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy, samimiy va bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odam o’zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u Shaxs bo’la olmaydi.

Download 26.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling