Omuxta yemlar, ularning turlari va tayyorlash texnologiyasi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Chorvachilikda ozuqa bazasi 88480
Internet saytlari:
www.wikipedia; www.cnshb.ru; www.ya-fermer.ru Chorvachilikning barcha tarmoqlari uchun un, spirt va yog‘ ishlab chiqaradigan korxonalar sifatli ozuqalar yetkazib beradi. Qoramol va cho‘chqalar uchun shahar aholisidan va oshxonalardan to‘planaditan qoldiqlar arzon ozuqa hisoblanadi. Ozuqa sifatida meva, sabzavot, o‘zumlarni qayta ishlashda olinadigan chiqindshtar va nonvoixona, konditer sanoati qoldiqlaridan ham foydalaniladi. Un kombinatlarida donlar tuproqdan tozalanib, don siniqlari, yovvoyi o‘tlar urug‘idan ajratib olinadi va bular don chiqindilarini tashkil etadi. Ifloslanish darajasiga bog‘liq don chiqindisining tuyimlilik qimmati chiqindi olingan don turida yaqin bo‘ladi. Donlarni (bug‘doy, arpa, javdar, suli, sholi, tarik va grechka) unga va yormaga aylantirganda chiqindi sifatida kepaklar odinadi. Yuqori sifatli bug‘doy unidan donga nisbatan 28% kepak olinadi. Qayta ishlash usuliga bog‘liq kepaklar yirik va mayda bo‘lib, har xil to‘yimlikka ega (30 jadval). Don tarkibidagi fosforning 80% kepakka o‘tadi. Kepak nikotin va pantotek kislotalariga boy va karotinni kam saqlaydi. 7-jadval Kepaklarning kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi, % (V.N.Bakanov, V.K.Menkin malumoti, 1989) kepaklar Ozuqa birligi Protein, % Yog‘, % Kletchatka, % AEM, % Kul, % Bug‘doy kepagi, mayda 0,74 15,3 4,0 8,5 54,7 4,8 Bug‘doy kepagi, yirik 0,72 15,4 3.9 10,0 52,5 5,1 Javdar kepagi, mayda 0,78 14.5 2.7 4,9 58,5 2,7 Javdar kepagi, yirik 0,76 14,7 3,9 8,6 53,4 5,4 Arpa kepagi 0,83 13,9 3,5 12,8 51,1 4,9 Makkajo‘xori kepagi 0,89 10,9 3,9 6.4 59,2 2,9 Sholi kepagi 0,63 7,1 7,0 34,3 33,5 11,8 Kepak barcha qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun yaxshi ozuqa bo‘lib hisoblanadi. Sigir tuqqandan so‘ng 10 l issiq suvga 0,5-1,0 kg. kepak aralashtirib atala xolida ichkiziladi. Ishchi, sport va naslli otlar uchun konsentrat ozuqalarni 35-50%ni bug‘doy kepagi bilan almashtirish mumkin. Tuxumdor tovuqlar, kurkalar va o‘rdaklar uchun tayyorlanadigan_ omixta ozuqa tarkibiga bug‘doy kepagi qo‘shiladi. Don ozuqalarni tovuqlar uchun -10%, kurkalar uchun -15% va urdaklarga - 25% ini kepak bilan almashtirish mumkin. Sog‘in sigir va qo‘ylar ratsionida konsentratlar aralashmasining 50-60% kepak bo‘lishish mumkin. Bug‘oz va bolali ona cho‘chqalar, erkak cho‘chqalarda – 35- 40%, yosh cho‘chqalarda va bekon olish uchun bo‘rdoqiga boqiladigan cho‘chqalarda ratsiondagi konsentrat ozuqalar to‘yimligining - 20-25% kepak bo‘lishish mumkin (I.V.Petruhin 1989). Tegirmon gardlari ifloslansh darajasiga qarab rangi ko‘k va qora bo‘ladi. Qora rangli tyog‘armon gardlari sifatsiz. Tegirmon gardlarini toza holida mollarga kam yediriladi, uni omixta ozuqalar tarkibiga qo‘shib foydalanish mumkin. Ozuqa sifatida makka, suli, arpa, no‘xot va soyaning qobig‘idan foydalanish mumkin. Yog‘ sanoati chiqindilari Yog‘ sanoat korxonalaridan chorvachilik uchun oqsil moddasiga boy bo‘lgan kunjara, shrot va fosfatid-oqsil konsentratlari, chiqindi sifatida sheluxa olinadi. Vatanimizda yog‘ asosan paxta chigitidan olinadi. Boshqa turdagi yog‘lar zig‘ir, makkajo‘xori, yeryong‘oq, kunjo‘t, ko‘knori, raps, saflor, kanakunjo‘t va boshqa ekinlardan olinadi. Solning kunjarasi va shroti yuqori sifatli ozuqa,lekin sssh doni kam miqdorda bo‘lganligi tufayli, uning kunjarasi bilan shroti yetarli emas. Yog‘ beradigan ekinlarning urug‘idan yog‘ni Presslash yo‘li bilan olishda chiqindi sifatida kunjara va urug‘ning tarkibidagi yog‘ni maxsus organik eritmalar yordamida ekstraksil (eritish) usuli bilan olishda esa -shrot olinadi. Kunjaralarning tarkibida - 4-10% va shrogda esa 1-3% yog‘ bo‘ladi (31 jadval). Shu tufayli bir xil ekindan olingan kunjara va shrot tuyimliligi jihatidan har xil bo‘ladi. Energetik to‘yimliligi bo‘yicha kunjaralar shrotlarga nisbatan yuqori turadi. Kunjara va shrotlarning proteini qishlok xo‘jalik hayvonlarini barcha turlari uchun habtii zarur aminokislotalar manbaidir, ayniqsa, solning kunjarasi va shroti lizinga boy bo‘ladi. 31-jadval Kunjara va shrotlarda to‘yimli moddalar miqdori Bakanov, (V.N.Bakanov, V.K.Menkin bo‘yicha, 1989) Ozuqalar 1 kg da saql. Kimbviy tarkibi,% ozuqa bir- ligi hazml. Pro-tein Pro- tein yog‘ klet- chatka azotsiz ekst. modda kul Kungaboqar: kunjara 1,08 357 39,2 10,2 13,0 22,5 6,3 shrot 0,93 383 40,5 3,1 13,7 25,5 6,4 Soya: kunjara 1,35 346 38,5 7,6 4,8 30,7 5,5 5,1 shrot 1,22 360 40,0 2,0 6,4 31,9 Paxta: kunjara 1,11 307 37,0 8,2 11,0 28,4 6,4 5,8 shrot 0,97 314 38,3 2,9 15,8 37,9 Ozuqaviy fosfatidlar - yog‘simon o‘simliklar urug‘idan yog‘ olishda olinadigan chiqindi. Ozuqaviy fosfatidlar biologik ahamiyatga ega va u sunii so‘tlar tarkibiga qo‘shiladi. O‘rta Osib Respublikalarida, ayniqsa, O‘zbekistonda paxta chigitidan yog‘ olishda ozuqaviy fosfatidlar va fosfatid konsentrati chiqindi sifatida yog‘ zavodlarda qoladi. Ularning tarkibi sh ozuqaviy qimmati, mollarga yedirish miqdorlari va ularning samaradorligi O‘zbekiston chorvachilik instito‘ti olimlari tarafidan o‘rganilgan (K.Karibaev). Kraxmal sanoati chiqindilari. Bular qatoriga kraxmal patokasi, kartoshka mezgasi va boshqalar kiradi. Patoka tarkibida 71% quruq modda bo‘ladi. Buni chorvachilikda, ayniqsa, yosh mollar ratsioniga ozuqaning ta’mini yaxshilash uchun va suniy sut ishlab chiqarishda glyukoza sifatida qo‘shiladi. 1 kg patokada 743 g uglevodlar bo‘lib, u 3010 kkal energiyaga ega. Patoka 5% miqdorida yemga qo‘shiladi. Patoka salqin, quyosh va yomg‘ir tushmaydigan joyda saqlanishi zarur. Kartoshkadan kraxmal olinganda mezgasi qoladi. Uni yaxshi saqlash maqsadida siloslash mumkin. Mezga tarkibidagi organik moddalarning hazmlanishi 78% ni tashkil etadi. Makka donidan kraxmal olishda makkajo‘xori ekstrakti qoladi. Quritilgan makkajo‘xori ekstraktida 1 kg da 1,26 ozuqa birligi bor. Spirt va piva sanoati chikindilari. Spirt ishlab chiqarishda chiqindi sifatida barda qoladi. Bardaning kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi qo‘yidagicha bo‘ladi (32 jadval), (A.M.Venediktov, P.N.Viktorov, A.P.Kalashnikovlar bo‘yicha, 1983). 32-jadval Bardaning kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi Barda turlari Ozuqada, % hisobida 1 kg da quruq modda Pro- tein yog‘ klet- chatka kul azotsi z ekst. modda ozuqa bir- ligi hazml bo‘luv chi Pro- tein, g Kartoshka bardasi 4,7 1,2 0,6 0,6 0,8 0,03 0,03 6 makkajo‘xo- ri bardasi 11,8 2,7 1,0 1,1 0,5 6,5 0,12 17 Arpa bardasi 8,7 2,5 0,7 1,0 0,5 4,0 0,08 16 Javdar bardasi 7,8 1,7 0,4 0,7 0,4 4,6 0,08 10 Suli bardasi 8,1 2,9 0,6 0,4 1,2 3,0 0,07 19 Patoka bardasi 7,5 2,1 0,6 - 1,7 3,1 0,04 11 Bardada suv ko‘p bo‘lganligi tufayli uni mollarga maydalangan poxol va to‘ponlar bilan aralashgan holda yediriladi. Quritilgan bardaning tuyimliligi omixta yemlarga yaqin bo‘ladi. G‘alla donidan va kartoshkadan olingan bardalarni ko‘proq bo‘rdoqiga boqilayotgan qora mollarni ozuqlantirishda foydalaniladi. Katta yoshdagi bo‘rdoqi mollarga 70-80 kt gacha, sog‘in sigirlarga 25-30 kg, sutdan chiqqan bug‘oz sigirlarga barda berish to‘xtatiladi. Yosh buzoqlarga barda berish ikki oylik yoshidan boshlanib, 6 oyliqda 7-8 kg beriladi. Qo‘ylarga bir kunda 10-12 kg, cho‘chqalarga 10 kg barda berilishi mumkin. O‘zum va olma-uriklardan vino olinganda 12-15% chiqindiga chiqadi. Ularni yangi holida qoramol, qo‘y va cho‘chqalarni boqishda ishlatish mumkin. Bular tez buziladigan mahsulot bo‘lgani uchun quritish ancha afzal bo‘ladi. Quritilgan chiqindilarning 1 kg unida 0,6 ozuqa birligi va 95 g hazm bo‘luvchi protein bo‘ladi. Cho‘chqalarda o‘zum chiqindilarining proteini 74,7%, yog‘i - 35,4, kletchatkasi - 31,3%, azotsiz ekstrakt moddasi - 88% hazm bo‘ladi. Qoramollar ratsionida omixta yem tarkibiga 25-30% va cho‘chqalarda 10-15% qo‘shilishi mumkin. 33-jadval Quruq chiqindilarning tarkibi va to‘yimliligi (D.M.Venediktov malumoti). Turlari Kimyoviy tarkibi, % hisobida 1 kg da quruq modda pro- tein yog‘ klet- chatka azotsiz ekst. modda kal- siy, g fos- for, g karo- tin, mg Olma chiqindisi 90,9 8,9 3,9 28,8 44,5 13,5 2,3 4,3 O‘zum chiqindisi 90,5 14,3 2,6 16,9 54,0 10,7 3,0 7,0 Piva drobinasi –piva drobinasining kimyoviy tarkibi 15-25% quruq moddaga, 5-9% proteinga, 1,9% yog‘ga, 4,8% kletchatkaga, 10% azotsiz ekstrakt moddaga va 1,2% kulga ega. Organik moddasining hazmlanishi - 70%, 1 kg da - 0,21 ozuqa birligi, 42 g hazmlanuvchi proteini bor. Drobinasi tez buziladi, qisqa muddatda yoz oylarida 1 kun va qish kunlarida esa 2 kun davomida mollarga yedirilishi kepak, chunki u tez achib qoladi. Drobinani barcha mollar istemol qilishi mumkin. Undan 1 kunda sigirlarga - 10-15 kg, g‘unajinlarga - 8-12 kg, bo‘rdoqiga qo‘yilganlariga - 15-20 kg, ona cho‘chqalarga - 4-5, kg 4 oylikdan katta va bo‘rdoqidagi cho‘chqalarga - 34 kg yedirish mumkin. Bu ozuqani tarkibida uglevodlar, yog‘lar, yog‘da eriydigan vitaminlar (A,D,Ye,K) va mineral moddalari ko‘p blgan ozuqalar bilan birga berish zarur. Quritilgan drobinalar asrashga va tashishga qulay bo‘lib, uning 1 kg da 0,79 g ozuqa birligi 169 g hazmlanuvchi protein bo‘ladi. Qand lavlagi sanoati chiqindilari. Qand lavlagidan qand olishda lavlagi turpi va ozuqa patoka (mellssa) olinadi. Yangi ishlab chiqarilgan lavlagi turpida - 8,5% quruq modda, 0,75% protein, 1,75% kletchatka, 5,4% azotsiz ekstakt modda va 0,5% kul saqlanadi, Organik moddasining hazm bo‘lishi - 85%, to‘yimliligi esa 0,08 ozuq birligini tashkil etadi. Uni sog‘in sigirlarga va bo‘rdoqiga boqilayotgan mollarga 35-40 kg gacha berilishi mumkin. Lavlagi turpini quritish, siloslash va presslash mumkin. Lavlagi turpini maydalangan poxollar, omixta yemlar, karbamid va mslnssalar bilan birga mollarga yedirilgani maul. Melissa - bu chiqindining tarkibida 79% quruq modda, 9,4% protein, 8,8% kul, 60,8% azotsiz ekstrakt modda bo‘ladi. 1 kg da - 0,87 ozuqa birliga, 41,8 g hazm bo‘luvchi protein, 2,9 g kalsiy, 0,2 g fosfor, 530 g qand saqlanadi. Organik moddasining hazmlanishi 88% ni tashkil etadi. Mellssani mollarga suvda eritilgan (1:4) va boshqa ozuqalar bilan aralashgai holida yediriladi. Katta yoshdagi qora mollarga 1,5-2,0 kg, 6 oylikdan katta buzoqlarga 0,8-1,0 kg, qo‘y va cho‘chqalarga 100 kg tirik vazni uchun 0,3-0,4 kg beriladi. Mellssadan omixta yem va donador ozuqalar tayyorlashda foydalaniladi. Qoramollar uchun tayyorlangan omixta yemga 7% va cho‘chqalarnikiga - 5% qo‘shiladi. Mellssaga karbomid qo‘shilib qora mollarga yedirilsa yaxshi natija beradi. Oshxona chiqindilari. Oshxona chiqindilari turli narsalardan tozalangan va yuqori darajada issiqlik bilan ishlov berilgandan so‘ng cho‘chqalarni bo‘rdoqiga boqishda ishatiladi. Shahar atrofida joylashgan xo‘jaliklarda hayvonlar ratsionida katta urinni egallaydi. Oshxona chiqindilarning kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi juda uzgarib turadi. Bu chiqindini boshqa ozuqalar bilan aralashtirib masalan, 50% oshxona chiqindilari 43% omixta yem va 7% vitaminli o‘t uni qo‘shib cho‘chqalarga berilsa yaxshi natija beradi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling