Omuxta yemlar, ularning turlari va tayyorlash texnologiyasi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana17.10.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1706520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Chorvachilikda ozuqa bazasi 88480

 
 
 
 


 
 
Mavzu matni. 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASININGQARORI 
RESPUBLIKADA ZAMONAVIY SANOAT USULIDA OMUXTA YEM 
ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI 
TO‘G‘RISIDA 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar 
strategiyasini 
«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va 
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi 
to‘g‘risida» 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son 
Farmoni
 hamda «Yog‘-moy 
tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 19 yanvardagi 
PQ-3484-son 
qarori
 ijrosini ta’minlash, mamlakatda omuxta yem ishlab chiqarish 
hajmlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, mavjud quvvatlardan samarali 
foydalanish, mahalliy omuxta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Quyidagilar: 
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining past rentabelli paxta 
va g‘alladan bo‘shagan, ozuqa ekinlari uchun ajratilgan maydonlarda joriy yilda 
makkajo‘xori ekinini joylashtirish hamda 2018-2019 yillarda hududlarda 
bo‘rdoqichilik komplekslarini tashkil etish; 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining «O‘zdonmahsulot» AK 
va «O‘zpaxtayog‘» AJ tizimidagi tashkilotlar hamda tadbirkorlik sub’ektlaridagi 
mavjud omuxta yem ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, ularni 
zamonaviy texnologiyalar asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilib borish 
va yangi quvvatlarni ishga tushirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 
2. Respublikada omuxta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xom ashyo 
bazasini ko‘paytirish maqsadida past rentabelli paxta va g‘alladan bo‘shagan 
maydonlarga 2018 yilda makkajo‘xori ekinini joylashtirish va makka doni 
yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari 
1-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari omuxta yem ishlab 
chiqaruvchi tashkilotlarning xom ashyo bazasini ko‘paytirish uchun kelgusi yillarda 
ozuqa ekinlari ekish uchun ajratiladigan yer maydonlarini bosqichma-bosqich 
oshirib borish choralarini ko‘rsin. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tegishli ilmiy-
tadqiqot muassasalari bilan birgalikda 2019 yil hosilidan boshlab, ozuqa 
ekinlarining superelita urug‘larini originatorlar va ilmiy tajriba stansiyalarida, elita 
urug‘larini urug‘chilik yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlarda 
yetishtirgan holda, ozuqa ekinlari uchun ajratiladigan maydonlarning urug‘likka 
bo‘lgan talabini to‘liq qondirish choralarini ko‘rsin. 
5. «O‘zdonmahsulot» AK tomonidan makkajo‘xorining 2018 yil hosili 
uchun talab etiladigan, respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan serhosil 


urug‘ligini chetdan keltirish hajmlari va ularning hududlar kesimida taqsimoti 
2-
ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
6. «O‘zdonmahsulot» AK O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi 
vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar 
hokimliklari bilan birgalikda don qabul qilish tashkilotlari va ushbu qarorga 
1-
ilovada 
ko‘rsatilgan maydonlarda makkajo‘xori yetishtiradigan tashkilotlar 
o‘rtasida 2018 yil hosilidan makka donini xarid qilish shartnomalari joriy yilning 5 
mayigacha tuzilishini ta’minlasinlar. 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirishda qo’llaniladigan barcha donli 
ozuqalar kuchli ozuqalar guruhiga kiradi. Bu ozuqalar tarkibida boshqa ozuqalar
turlariga qaraganda ko‘p miqdorda to‘yimli moddalarni saqlab ular yngil hazm 
bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Donli ozuqalar tufayli hayvonlar ratsionlarini 
energiya, protein, ayrim mineral moddalar va boshqa ko‘rsatkichlar buyiicha 
tenglashtiriladi. 
Donli ozuqalar kimyoviy tarkibiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 
1. Uglevodlarga boy bo‘lgan donli ozuqalar, ularga boshoqli donlar kiradi 
2. Proteinga boy bo‘lgan donli ozuqalar, ularga dukkakli donlar kiradi 
3. Protein va yog’ga boy bo‘lgan donli ozuqalar. ularga eg’i olinadigan uruglar 
kiradi.
Donli ozuqalarning sifatini baholashda ularning tuqligi, rangi, hidi, 
yaltirokligi. Ta’mi, namiligi, tozaligi, kislotaligi, ombor zarakunanda va 
zamburuglar bilan ifloslanganligi o‘rganiladi. 
Donning tuqligi uning sifatini va to‘yimliligi baholovchi asosiy 
ko‘rsatkichdir. Don to’qligi bir litr hajmdagi donning gramlar hisobidagi miqdori 
bilan belgilanadi va bu ko‘rsatkich yuqori, urta va past tuqlilik darajasiga ega 
bo’lgan donlar deb baxolanadi. 
Bu ozuqalar qatorida eng to‘yimli don makkajuxoridir, ya’ni 1 kg tarkibida 
1,3 ozuqa birligi bo‘ladi va to‘yimli moddalarning hazmlanish darajasi 90%. Ammo, 
bu don protein, lizin, ayrim makro va mikroelementlarni kam saqlaydi. 
Dukkakli donlarga – nuxat, xashaki dukkaklar, soya, lyupin, vika china va boshqalar 
kiradi. Bu tarkibida yog’ kam miqdorda bo‘ladi. 
Dukkakli donlar tarkibida boshoqli donlarga Qaraganda ko‘p aminokislotalar 
uchraydi. Ammo ularning hazmlanish darajasi boshoqlilarga nisbatan past. 
Yog’lar tarkibida ma’lum darajada xolesterin va litsitin kuproq uchraydi. 
Mineral moddalar saqlanishiga qaraganda esa dukkaklilar tarkibida boshoqlarga 
nisbatan kuproqdir, jumladan kobalt, yod, molibden va Rux. 
Dukkakli donlar tarkibida boshqa ozuqalarga nisbatan karotin kam uchraydi. 
Dukkakli donlar hayvonlar ratsioniga asosan protein manbai sifatida 
uglevodorodlarga boy bo‘lgan ozuqalarga qushib beriladi. 
Hayvonlarni dukkakli donlar bilan ko‘p miqdorda oziqlantirilsa ajraladigan 
turli xildagi gazlar me’erdan ziyod bo’lish natijasida hazm qilish organlarida ichak 
gazlari me’erdan ziyod hosil bo‘lishi kuzatiladi va hazimlanish organlarining 


faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatadi. Buning sababi dukkakli donlar tarkibida proteinni 
hazm qilishni qiyinlashtiradigan moddalar mavjud, jumladan soya tarkibida bu 
gemmaglyutinin, ureaza, lipoksidaza, saponinlar va ekstrogenlardir. 
Qishloq xo’jalik hayvonlarini boshoqli va dukkakli donlar aralashmasi, ya’ni 
ularning kimyoviy tarkibi har xil bo‘lgan ozuqalar bilan oziqlantirish natijasida 
ularda bir birini oziqlantirishi, tuldirishi kuzatiladi. Don aralashmalari bilan 
oziqlantirishda hayvon organizmida mahsulot uchun sarf bo‘lgan ozuqalarning 
kamayishi va chorva mahsulotlarini ishlab chiqarishda extiyojlik kuzatiladi. 
Don tuqligiga, to‘yimliligiga va boshqa sifat ko‘rsatkichlariga agrotexnik 
tadbirlar ham katta tasir ko’rsatadi. Tuproq tarkibi, tuproq va iqlim sharoiti, 
o‘simikni ma’lum bir o‘sish davrlarida yig’ishtirib olish va tug‘ri saqlanishi ta’sir 
etadi. 
Har bir don ozuqaning turi uziga mos rangi, hidi, ta’mi va boshqa 
xususiyatlariga ega bo‘ladi. Yaxshi bo‘lmagan sharoitda saqlangan don ozuqalar 
tezda buziladi va ombor zararkunanadalari yoki bakteriyalar bilan zararlanishiga 
olib kelishi mumkin. 
Boshoqli donlar – ozuqa sifatida barcha qishloq xo’jalik hayvonlari uchun 
qullaniladi. Ular tarkibida don turi, navi va o‘sish sharoitiga qarab o‘rtacha 10-14% 
yoki 8 dan 20% gacha protein bo‘ladi. Proteinning 85-90% oqsil va oqsilsiz azot 
saqlovchi moddalar asparagin va erkin aminokislotalardan iboratdir. 
Boshoqli donlar ichida makkajuxori protein, ayrim aminokislotalar kam 
saqlanadi, shu jumladan lizin, triptofan va glitserinlardir. 
Boshoqli donlar tarkibida mineral moddalarning umumiy miqdori 1,5 dan 5% 
gacha o‘zgarib turadi. Kul asosan fosfat kislotasining tuzlari va kaliydan iboratdir. 
Kalsiy juda kam miqdorda uchraydi. 
Boshoqli donlarning asosiy turlari karotinni kam saqlaydi. Ular ichida faqat 
sarik Navli makkajuxorining 1 kg tarkibida 5 mg gacha uchraydi. 
Don ozuqalardan unumli foydalanish maqsadida ularni mollarga edirishdan 
oldin ham kuzda tutiladi. Edirishdan oldin tayyorlash asosiy usullaridan biri 
maydalashdir. Butun donning tashqi qatlamidagi kletchatka ozuqani hazm qilishga 
to’sqinlik qiladi. Maydalangan don esa engil chaynaladi va to‘yimli moddalar sulak, 
oshqozon shirasi va boshqa fermentlar ta’siriga bevosita uchraydi. Ydirishdan olid 
tayyorlash usullariga termik, achitish, kukartirish va boshqalar kiradi. Bu usullar 
ozuqaning edirimligini va hazmlanish darajasini ko‘paytiradi. 
3. Omuxta yemlar hayvonlar turiga, yoshiga, jinsiga, fiziologik holatiga qarab 
tayyorlanadi. 
Omuxta-em to‘liq qiymatli oziqlantirishni tashqil etish uchun ilmiy 
asoslangan retseptlar asosida tuzulgan har xil ozuqa vositalarning bir xil darajada 
maydalangan aralashma ozuqadir. To‘liq qiymatli omuxta yemlarni tuzishning 
iqtisodiy jihatdan nazariy asosi shundan iboratki har xil ozuqalardan aralashma 
tayyorlashda ulardagi har xil to‘yimli elementlarida bir birini tuldirish xususiyati 
paydo bo‘ladi. Omuxtani tug‘ri tuzishda hayvonlarni me’yoriy darajada energiya, 
protein aminokislata, vitamin va minearl moddalar bo‘yicha oziqlantirishga imkon 
beradi. Omuxta retseptlari ilmiy muassasalarda eng sungi har xil turdagi qishloq 
xo’jalik hayvonlarini oziqlantirish ma’lumotlari asosida tuziladi. Eng qulay 


retseptlar maxsus dastur asosida elektron hisoblash mashinalarida tuziladi va Davlat 
tomonidan standart sifatida tasdiqlanadi.
Hayvonlarning turiga, yoshiga, fiziologik holatiga va mahsuldorligiga qarab 
tayyorlanadi. Bu ozuqalarning biologik to‘liq qiymatligi hayvonlarning energiya, 
protein, aminokislotalar, makro va mikroelementlar, vitaminlar va boshqa biologik 
aktiv moddalarga bo‘lgan talabini qondirish bilan xarakterlanadi. U yoki bu tur 
hayvonlarga muljallangan retsept raqamlanadi: 
Tovuqlar uchun – 1 dan 9 gacha 
Kurka uchun – 10 dan 19 gacha 
O‘rdak uchun 20 dan 29 gacha 
G‘oz uchun 30 dan 39 gacha 
Kaftar uchun 40 dan 49 gacha 
CHo‘chqa uchun 50 dan 59 gacha 
Qoramol uchun 60 dan 69 gacha 
Ot uchun 70 dan 79 gacha 
Qo‘y uchun 80 dan 89 gacha 
Quyon va nutriya uchun 90 dan 99 gacha 
Mo‘ynali hayvonlar 100 dan 109 gacha 
Laboratoriya hayvonlar 120-129 gacha 
Bir turdagi hayvonlar uchun yana qo’shimcha retseptlar 
quyidagicha 
raqamlanadi. Misol, qoramolar uchun: 
Sog‘in sigirlar 60 
Sutdan chiqqan va bug‘oz chigirlar 61 
1 oylikdan 6 oylikgacha bo‘lgan buzoqlar 62 
6 oydan 12 oygacha bo‘lgan qoramol 63 
12 oydan 18 oygacha qoramol 64 
Bo‘rdoqiga boqiladigan qoramol 65 
Nasilli buqalar 66 
Quyidagi omuxta em turlari ishlab chiqariladi: 
1. To‘liq qiymatli omuxta em. Bu tur yemlar hayvonlarning barcha to‘yimli 
va biologik aktiv moddalarga bo‘lgan talabini ozuqalar bilan qondirishi lozim. to‘liq 
qiymatli omuxta em bilan odiqlantirishda hayvonlarning mahsuldorligi va sog‘ligini 
saqlash, bundan tashqari mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan to‘yimli 
moddalar miqdori oshmasligi ko‘zda tutiladi. 
2. Kuchli omuxta em (konsentrat) – Bu tur har xil hayvonlar turi uchun 
tayyerlanib, ularni oziqlantirishda asosiy ratsionning tuyililigini oshirishda 
foydalaniladi. Odatdagidek omuxta em-konsentrat to‘liq qiymati em tarkibiga 
qaraganda ziyod bo‘ladi. 
3. Oqsilli – vitaminli –mineralli qo‘shimcha ozuqa (OVMO) – bu seroqsil 
ozuqa vitamin, mineral moddalar va boshqa biologik aktiv moddalar bilan boyitilgan 
bo‘ladi.OVMO ozuqa bilan hayvonlarni oziqlantirishning maqsadi kam to’yimli 
bo‘lgan ratsion tarkibini oqsil vitaminlar, mineral va boshqa moddalar bilan 


tenglashtirishdir. Bu ozuqa maxsus zavodlarda tayyorlanib omuxta yem tarkibiga 
25-35% miqdorda kiritiladi. 
OVMO asosan nuxat, dukkaklilar, bug’doy kepagi, kunjara va shrot, hayvonot 
olamidan olingna ozuqalar (go‘sht va Baliq-go‘sht unlari), quritilgan sut sanoati 
qoldiqlari va boshqa qismlardan tayyorlanadi. 
Mikrobiologik sintez mahsulotlaridan ozuqaviy achitqi (spirt sanoati koldigi 
– bardadan tayyorlangan achitki, oqsilli ozuqaviy achitqi (texnik o‘simiklar 
achitqilari) va gidroliz achitqilari (parpin, gaprin) ham kiritiladi. 
Mineral moddalardan OVMO ga osh tuzi, ozuqaviy fosfat, bur va biologik 
aktiv moddalardan esa mikroelementlar, fermentlar va vitaminlar kiritiladi. Odatda 
biologik aktiv moddalar premiks turida oldindan tayyorlanib qo’shiladi. 
4. PREMIKS – biologik aktiv moddalardan tashkil topgan aralashma omuxta 
yemlarga kushilish uchun ishlab chiqariladi. Ularni tayyorlashda hayvonlarning turi, 
yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini inobatga olib omuxta em tarkibida 1-5% 
miqdorda kiritiladi. 
Premikslar ikki qismdan ya’ni mikro qo‘shimcha va tuldiruvchilardan iborat 
bo‘ladi. tuldiruvchilar vazifasini un xoligacha maydalangan bug’doy kepagi, 
bug’doy doni, makka doni, ozuqaviy achitqi, soya shroti va boshqalar bajarish 
mumkin. Mikroqo‘shimchalarga esa vitamin, aminokislota, antioksidant,indikator. 
Trankvilizator hayvon (xarakatini susaytiruvchi moddalar) davolovchi va profilaktik 
moddalar kiradi. Shuning uchun premikslar hayvonlarning talablarini qodnirishi va 
mahsuldorligini oshirish bilan bir vaqtda ayrim kasalliklarni davolash yoki ularni 
olidini olish xususiyatiga agadir. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling