ona tili (2-sinf) fani uchun tayyorlagan 1- soatlik dars ishlanmasi
M AVZU:
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Hayvon nomlarining bosh harf bilan yozilishi
|
Darsning maqsadlari
Tarbiyaviy
Ta’limiy
|
Hayvon nomlarining bosh harf bilan yozilishini o’rgatish
Dars jarayonida jamoa bo’lib, tez ishlashga o’rgatish
|
Dars turi
Darsning jihozi
Darsning metodi
Baholash
|
Yangi bilim beruvchi
Interfaol metodlar
T.G’afforova va boshqalar: 1-sinf “Ona tili” darsligi 60-61-betlar, darsga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar, boshqotirmalar, mavzuga oid qoidalar aks etgan ko’rgazmali vositalar.
Reyting tizimida
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajarilayotgan ishlar mazmuni
|
Metodi
|
Vaqt
|
1-bosqich
|
Salomlashish Davomatni aniqlash
O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
|
Savol-javob
|
3-minut
|
2-bosqich
Uy vazifalarini ko’rib chiqish
|
Mavzuga oid savollar beriladi
|
Savol-javob, suhbat
|
6-minut
|
3-bosqish
Yangi mavzuni o’zlashtirish
|
Mavzu haqida tushuncha beriladi. Savollar berish
|
Klaster, tushuntirish
|
20-minut
|
4-bosqich egallagan bilimlarni mustahkamlash
|
O’quvchilar ”O’ylaymiz va sanaymiz”, ”Topishmoq ayt, topamiz” didaktik o’yinlarini bajarish
|
Didaktik o’yinlar
|
11-minut
|
5-bosqich
Darsga yakun yasash, uyga vazifa berish
|
Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga vazifani tushuntirib berish
|
Suhbat, tushuntirish
|
3-minut
|
6-bosqich
Bilimlarni nazorat qilish va baholash
|
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash
|
Savol-javob
|
2-minut
|
Darsning mavzusi: Hayvon nomlarining bosh harf bilan yozilishi
Darsning maqsadlari:
ta’limiy: O’quvchilarga hayvonlarga nom qo’yilishi, ularning bosh harf bilan yozilishi va yozilish qoidalari haqida to’liq tushuncha berish.
tarbiyaviy: tabiat va hayvonlarni asrab-avaylash ko’nikmasini hosil qilish.
rivojlantiruvchi: o’quvchilarda xatosiz va chiroyli yozish qoidalariga rioya qilgan holda yozishni shakllantirish.
Darsning tashkiliy qismlari:
Salomlashish; davomatni aniqlash; o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
Darsning shiori:” Xatosiz va chiroyli yozamiz ”
Darsning turi: Innovatsion dars
Darsning usuli: Interfaol
Darsning jihozi: T.G’afforova va boshqalar: 1-sinf “Ona tili” darsligi 60-61-betlar, darsga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar, boshqotirmalar, mavzuga oid qoidalar aks etgan ko’rgazmali vositalar.
Darsning borishi:
Darsning blok- sxemasi:
1. O’tgan mavzuni mustahkamlash
2. Yangi mavzuning bayoni
3.109-111 mashqlarni bajarish
4. Quvnoq daqiqalar
5. Darsni mustahkamlash
6. O’tilgan darsni baholash
7. Dars yakuni(rag’batlantirish)
Darsning qoidalari:
1.Darsda tinch o’tir va darsga tayyor bo’l
2. Qo’l ko’tarib javob ber
3.Guruhingni himoya qil
4. Darsda faol bo’l
5.Vaqtni qadrla
6. Xatosiz va chiroyli yoz.
Darsning borishi:
O’quvchilar ikki qator bo’lib tik holda turishadi. Ular bilan o’qituvchi salomlashib, olma va gilos rasmi chizilgan aylanachalarni bittadan tarqatib o’quvchilarni ikki tomonga joylashtiradi. Shu tariqa sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratiladi. Guruhlar yoki har bir guruh o’zlari ixtiyoriy ravishda guruh sardori tanlashadi. 1- guruh sardori
“Olma”
Men sizlarni olmangiz
Xomligida olmangiz
Nortojiga o’xshab
Voy qornim deb qolmangiz
Guruhimiz ”Olmacha” (o’quvchilar)
2-guruh sardori Ruxsora
“Gilos”
Men gilosman quloq sol
Rangim yoqut totim bo’l
Topsang qo’shalog’imni
Qulog’ingga osib ol.
O’qituvchi: Bolajonlar bugungi darsimiz shiori.
O’quvchilar: “Xatosiz va chiroyli yozamiz”
O’qituvchi: Bugungi sanamizni kim aytadi?
Samandar: Bugungi sanamiz 16-yanvar 2014yil.
O’qituvchi: Bugungi darsimiz nima?
Munojat: Ona tili darsi
O’qituvchi: Biz o’tgan darsimizda joy nomlarining bosh harflar bilan yozilishiga oid ma’lumotlarni bilib oldik. Uyga vazifa joy nomlarini o’rganib kelish. Qani, guruhlar ketma-ketlikda so’zlarni aytamiz. Qani “Olmacha” guruhi so’zlardan namunalar aytingchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |