Ona tili. 3-chorak test


Download 16.07 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi16.07 Kb.
#162074
Bog'liq
9-sinf 3-chorak


Ona tili. 3-chorak test.

1.Oqsoqol qayerda bo’lsa, o’sha joyda ish bir tartibda borardi. Berilgan gap ergash gapli qo’shma gapning qaysi turiga kiradi?

A) payt ergash gapli qo’shma gap;

B) o’rinergadh gapli qo’shma gap;

S) sabab ergash gapli qo’shma gap;

D) maqsad ergash gapli qo’shma gap;

2.Kimki bo’lsa dilozor, undan el-u yurt beozor.Berilgan gap ergash gapning qaysi turiga kiradi?

A) ega ergash gapli qo’shma gap;

B) kesim ergash gapli qo’shma gap;

S) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap;

D) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap;

3.Qaysi qatorda hol ergash gapli qo’shma gap berilgan?

A) Dutor chalib o’tirsam, tpri uzilib ketdi;

B) Ko’ziga nima ko’rinsa, shu uni qiziqtira boshladi;

S) Kimki taqdirga tan bersa, u hayot to’lqinida g’arq bo’lib ketadi;

D) Vatanni sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim to’kilgan muqaddas zamindir.

4.Qaysi qatorda hol ergash gapli qo’shma gap berilmagan?

A)Qayerda ahillik bo’lsa, o’sha yerda qut- baraka bo’ladi;

B) Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obro’yi baland bo’ladi;

S) O’simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo’l hosil olasan;

D) Soy qanchalik tez oqsa,shunchalik sayoz bo’ladi;

5.Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar. Berilgan gap ergash gapli qo’shma gapning qaysi turiga kiradi?

A) maqsad.e.g.q.g; b) payt.e.g.q.g; S) to’ldiruvchi e.g.q.g;D) aniqlovchi e.g.q.g.;

6.Qaysi qatorda aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap berilgan?

A) Shundan ehtiyot bo’lingki, birovning ota- onasini haqorat qilgan odam o’zining ota-onasini ham haqoratlagan bo’ladi; B) Bu o’rinda shuni aytish kerkki, qalandarovlarni o’sha davr hayoti yarata boshlagan edi;S) shuni bilib qo’yingki, bilim baxt keltiradi;D) oramizda shunday kishilar borki, ular do’stlar orasidagi samimiyatni buzishni hunar qilib olganlar;

7.Qismlari o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabat bo’lgan qo’shma gap qaysi javobda keltirilgan? A) Agar qiz bo’lsang, otingni Kimsanoy qo’yaman, agar o’g’il bo’lsang Kimsanboy qo’yaman.B)Aql ko’pga yetkazadi, hunar bo’lsa insonni ko’kka ko’taradi; S) To’g’ri so’ztosh yoradi, egri so’z bosh yoradi; D) Oy tunda kerk, aql esa kunda kerak;

8.Odam borki,odamlarning naqshidir. Ushbu gap qo’shma gapning qaysi turiga kiradi? A) kesim e.q.g; B) shart e.q.g; S)aniqlovchi e;q.g; D) o’xshatish e.q.g;

9.Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan? A) Shuni doimo yodda tutish keraki, nodon kishining gapi ko’p bo’ladi; B) Saxiylikni odat qilgan bo’lsa kim,Qo’lidan davlati ketmasinuning; S) Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon; D)Kitob mening do’stim, chunki u bilim manbai;

10.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni toping? 1. Kimning quroli bilim bo’lsa, uni porloq kelajak kutadi; 2.KImning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, yo’li ham to’g’ri bo’ladi.3.Hayot shundayki, uni d sinovlarida hamma ham muvaffaqqiyatli o’tolmaydi.4. sevgi shunday navbahorki, u tikandan gul qilur. A) 1,2 B) 2,4; S ) 2,3,4; D) 1,2,3,4;

11. Berilgan gaplarning qaysi biri to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap emas? A) Shunisi muhimki, biz kelajagi buyuk davlat farzandlarimiz; B) Shuni bilingki, yalqovlik muhtojlik eshigidir; S) shuni unutmasligingiz kerakki,vatnning isiqboli sizning qo’lingizda; D) B.j.t;

12.Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi quyidagi vositalarning qaysi biri bosh gap tarkibida keladi? 1) shar mayli shaklidagi fe’l; 2) ko’makchili qurilmalr; 3) nisbiy so’zlarga mansub bo’lgan so’roq olmoshlari; 4) nisbiy so’zlarga mansub ko’rsatish olmoshlri va – ki yuklamasi A) 1,2,3,4; B) 2,3,4; S) 3,4; D) 2,4;

13.Ko’makchili qurilmalar haqidagi qaysi hukm to’g’ri? A) Ko’makchili qurilmalar bosh gap tarkibida qo’llanadi; B)Ko’makchili qurilmalar ergash gap tarkibida keladi; S) KUlar bosh gap tarkibida ham ergash gap tarkibida ham qo’llanadi; D) ular ergashgan qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vosita emas;

14.Har kimning zari bo’lmasa-da, ammo hunari bo’lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bo’lmaydi, shuning uchun kishi hunar bilan bezanmog’I lozim. Berilgan gapda qanday bog’lovchi vositalardan foydalanilgan? A) ohang,shart mayli, bo’lsa bog’lovchisi; B) ohang, yuklama, bo’lsa bog’lovchi; S) ohang, shart mayli, yuklama, ko’makchili qurilma, teng bog’lovchi; D) yuklama, ohang, zidlov bog’lovchi;

15.Bosh gapda ifodalangan mazmunning qaysi belgisini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko’makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi? A) maqsadini; B) shartini; S) natijasini; D) sababini;

16.To’ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga qanday vositalar yordamida bog’lanadi?

17.Hol ergash gaplar ma’no jihatidan qanday turlariga bo’linadi?

18.Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi. Ushbu qo’shma gapni soda gapga aylantiring?

19.Kesim ergash gapi qo’shma gapning qolipi qanday bo’ladi?



20.Hol ergash gap bosh gapga qanday vositalar yordamida bog’lanadi?
Download 16.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling