Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Husnixat daqiqasi:
Yorug‘ kunni boshlaydi,
Undan borliq yashnaydi. (Quyosh)
|
1. Uyga berilgan vazifa o‘quvchilar daftari ko‘rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
3. Nechta gap yozdingiz? Birinchi gapni o‘qing. Oxiriga qanday tinish belgisi qo‘ydingiz?
4. Ikkinchi gapda nechta so‘z bor? Gap nima haqida ekan? Nima uchun shunday deymiz?
5. Yozuvda bir gap boshqasidan qanday ajratilar ekan?
Javob bergan va husnixat asosida yozgan o‘quvchilar daftarlari namuna sifatida ko‘rsatilib rag‘batlantiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Saylanma diktant. Matndagi kim?, nima?, nima qildi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni husnixat bilan yozish, ularni qayta tekshirish kerakligi tushuntiriladi.
Daraxtlardagi burglar sarg‘aydi. Kunlar asta-sekin sovidi. O‘quvchilar maktablariga qaytishdi. Ularga o‘qituvchilar bilim berishyapti.
O‘quvchilar topshiriqni bajaradilar:
Barglar sarg‘aydi. Kunlar sovidi. O’quvchilar qaytishdi. O‘qituvchilar berishyapti.
Har bir so‘zga so‘roq beriladi.
‒ Gapda nima?, kim? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar qanday so‘z bo‘lagi bo‘lib keladi?
‒ Nima qildi? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar-chi?
‒ Ular gapning qangday bo‘laklari hisoblanadi?
‒ Eganing tagiga qanday chiziq chizamiz? Kesining-chi?
O‘uvchilar yozganlarini tekshiradilar.
Darslik bilan ishlash:
19-mashq
O‘qituvshi o‘quvchilar darslikni ochmaslaridan avval darslikdagi 19-mashqda berilgan she’r ifodali o‘qib beriladi. So‘ng she’r qaysi diyor haqida ekanini so‘raladi. She’rga sarlavha qo‘yiladi. She’rni yoddan yozish va buning uchun 3-4 marta o‘qib chiqib yodlash kerakligi aytiladi.
Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi.
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol.
Bunda qorning taglarida qish
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga so‘roq beriladi. Ularning qaysi gap bo‘lagi ekanini aniqlanadi. Kesim orqali so‘roq berib gapning egasi toptiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |