2 -topshiriq.
Multimedia ilova topshirig‘ida so‘roqlar yordamida gapning kesim va egasi aniqlanib, tagiga tegishli chiziqlar bilan belgilash talab etiladi.
“ Blits so‘rov” metodi. O’quvchi savollarni o‘qib tegishli javobning raqamini “O‘quvchining javobi” ga yozishi kerak bo’ladi.
|
t/r
|
Savollar
|
O‘quv-
chining javobi
|
Javoblar
|
1
|
Ega gapda qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
|
4
|
Kesim gapda nima qildi?, nima qilladi?, nima qilmoqchi? So‘roqlariga javob bo‘ladi.
|
2
|
Kesim gapda qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
|
1
|
Ega va kesim gapning bosh bo‘laklari
|
3
|
Ega va kesim gapning qanday bo‘lagi
|
2
|
Qodir yoshligidan kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi. Ushbu gapning egasi Qodir so‘zi
|
4
|
Qodir yoshligidan kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi. Ushbi gapning egasini toping.
|
3
|
Ega gapda kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi.
VI. Uyga vazifa.
21-mashq. She’rni ifodali o‘qish, gaplarning maqsadga ko‘ra turini aytib, oxiriga undov belgisi qo‘yilgan gaplar qanday ohang bilan o‘qish kerakligi aytiladi.
She’r matni ustida ishlanadi. O‘quvchilar diqqati misralar oxiridagi tinish belgilariga, gaplarning tugallangan ohang bilan aytilishiga qaratiladi. She’r matnda 6 ta gap borligi aniqlanadi. Gaplarning 2 tasi his-hayajon gap ekanligi aytiladi. Shu gaplar ohangiga ko‘ra hayajon bilan o‘qitiladi. Gap bo‘laklarini aniqlash uchun so‘roqlar shu so‘z bog‘langan so‘z orqali berilishi o‘rgatiladi.
8
Darsning mavzusi: Gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari.
(22-24-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning gapda ega va kesimdan tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklar ham bo‘lishini eslatish;
FK1: gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlarini, ularning boshqa so‘zlarga bog‘lanishini bilish, gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib kengaytira olish, gap bo‘laklarini bog‘lovchi grammatik vositalar, qo‘shimchalar va ohang yordamida bog‘lay olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |