III. Yangi mavzu bayoni.
Darslik bilan ishlash.
22-mashq. She’rni qiroat bilan o‘qish, matndan Barnoning gapini ko‘chirish, so‘roqlar yordamida gapning bosh bo‘laklarini aniqlash, va tagiga tegishlicha chizish vazifasi beriladi .
1 -topshiriq.
Ushbu mashq multimedia ilovada hikmatli so‘zlarning qismlarini tutashtirish talab etiladi.
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“So‘zdan so‘z yasang” ta’limiy o‘yini. Buning uchun o‘quvchilar Konstitutsiya so‘zida ishtirok etgan harflardan foydalanib so‘zlar hosil qilishlarik kerak.
23-mashqdagi hikmatlar o‘qiladi. Gaplar qanday mazmun bildirayotganligi so‘raladi. Bosh va ikkinchi darajali darajali bo‘laklarni so‘roq yordamida aniqlash va tagiga tegishlicha chizish kerakligi uqtiriladi.
‒ Hikmatlar nima haqida ekan?
‒ Gaplar mazmuniga ko‘ra qanday gaplar?
‒ Gapdagi bosh bo‘laklarni tushirib, ikkinchi darajali bo‘laklarning o‘zini o‘qing.
‒ Ikkinchi darajali bo‘laklar gap hosil qiladimi? Nima uchun?
Gaplarni daftarlariga ko‘chirib yozadilar. So‘roqlar yordamida gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarini aniqlanib, tagiga tegishlicha chiziladi.
2 -topshiriq.
Topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Ekranda ikki ustunda matn beriladi. O‘quvchi topshiriqni bajarishi uchun matnlarning ostida “to‘g‘ri” belgisini qo‘yish uchun joy ajratilgan.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |