H usnixat daqiqasi:
Yer tagida qizilbosh. (Sholg‘om)
Darsning oltin qoidalari bilan tanishtiriladi. Darsni eng mehnatkash va insoniyat uchun foydali hashorot asalari misolida boshlanadi, o‘qituvchi ona asalari ,o‘quvchilar mehnatkash ishchi asalari bo‘ladilar. (Barcha o‘quvchilarga bosh kiyimiga asalari antennasi yasaladi) Darsda o‘quvchilar ona-tili fanidan olgan bilimlarini sinab faol qatnashsa, asalari kabi bol to‘la asalli bochkalarga ega bo‘ladilar, o‘quvchilar faol qatnashmay rag‘bat ololmasa, asalari mum katakchasiga bo‘sh keladi, qaysi guruh faol ishtirok etsa , shuncha asalli bochkaga ega bo‘ladi.Asalari asal yig‘ishi uchun gullarga qo‘nadi ,shuning uchun guruhlar nomini gullarga mos qilib olinadi.
I-guruh-Binafsha guruhi
II-guruh Atirgul guruhi
III-guruh Nastarin guruhi
Bitta asalari 1kg asal yig‘ishi uchun 3000 ooo metr masofani uchib o‘tishi 9 million gulga qo‘nishi kerak. Asalari haqida ma’lumotni ketma-ket uchta guruh beradi.Telefon diktafonidan asalarini g‘ing‘inlashi eshitiladi.O‘qituvchi asalari o‘rgimchak to‘riga tushib qolibdi, asalarini yovuz o‘rgimchakdan qutqarish uchun sizga bilim kerak bo‘ladi, bilimingiz kuchli bo‘lsa har doim yomon vaziyatdan osonlikcha qutulib ketish haqida tushuncha beradi.
“ O‘rgimchak to‘ri” ta’limiy o‘yini ham o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishtirok etadilar. Har bir jamoaga alohida topshiriq beriladi .O‘quvchilar ipni uchini ketma –ketlikda ushlab o‘rgimchak to‘ri hosil qiladi.M-n: Birinchi o‘quvchi “ gap va so ‘z” deydi, ipning uchini ikkinchi o‘quvchiga beradi, u esa shu “nutq vq matn” deydi. Uchinchi o‘quvchi asosdosh deydi , to‘rtinchi o‘quvchi “fe’l so‘z turkumi” deydi. beshinchi o‘quvchi “buyruq gap”, oltinchi o‘quvchi” so‘roq gap”,yettinchi o ‘quvchi “darak gap” deydi . Shu tariqa o‘quvchiar aylana tarzida o‘rgimchak to‘ri hosil qiladilar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |