VI. Uyga vazifa berish.
355- mashq shartiga ko‘ra bajarib kelish topshirig‘i beriladi.
124-dars.
Darsning mavzusi: Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan qo‘llanishi.
(356-358-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning shaxs otlari o‘rnida qo‘llanishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash; FK1: kishilik olmoshining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishini,
tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish;FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish
Dars turi: yangi tushuncha, bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish darsi.
Dars metodi: suhbat, kichik guruhlarda ishlash,ta’limiy o‘yinlar.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Oʻquvchilarni darsga tayyorgarligi va sinf tozaligini nazorat qilish.
Dars shiori:Chiroyli yoz, yozsang xat,
Bilsang, bu ham zo‘r san’at.
Shiordan kelib chiqib, husnixat daqiqasi o’tkaziladi.
H usnixat daqiqasi:
Qo‘shning tinch sent inch.
|
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan 355-mashq shartiga ko‘ra tekshiriladi.
She’r ustida suhbat uyushtiriladi.
-Bola nimani orzu qildi?
-Siz nimalarni orzu qilasiz?
“Mening orzum” mavzusida og‘zaki hikoya tuzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |