rivojlantiruvchi:o‘quvchilarda boshqa a‘zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish. FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olishi. TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Darsning turi: mustahkamlash darsi.
Dars metodi: savol-javob, test, “Chiroyli xat egasi” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar, Navro‘z bayrami tasvirlangan rangli rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uy vazifasi aniqlanadi. O‘qituvchi 361-mashqning bajarilishini tekshirib chiqadi. O‘quvchilarga yozib kelgan gaplarini o‘qitadi va kishilik olmoshi gapda qanday vazifada kelganligini aytadilar.
H usnixat daqiqasi:
Sening Vataning go‘zal diyor!
|
III.Yangi mavzu bayoni.
1 -topshiriq.
Xat yozish namunasi multimedia ilovasi asosida ko‘rsatiladi.
|
O‘qituvchi har bir o‘quvchining o‘z do‘sti borligini, do‘stlar har doim bir-birlariga yordam berishlari kerakligini aytib o‘tadi. Uzoqdagi do‘stinining sog‘lig‘ini, qanday yashayotganligini xat orqali so‘rash mumkinligini tushuntiradi.
362- mashqda berilgan xat namunasini o‘quvchilar o‘qiydilar.
HURMATLI DO‘STIM KOMIL!
Sen yozgan xatni oldim. Sog‘lig‘ingning, o‘qishlaringning yaxshiligini bilib xursand bo‘ldim.
Men senga Navro‘z bayramini qanday o‘tkazganimiz haqida yozmoqchiman. Biz bayramni tabiat qo‘ynida nishonladik.Men bayramda bahor haqida she’r aytdim.3-sinf o‘quvchilari biz bilan gullar haqida aytishuv qildilar.
Qizlar tayyorlagan milliy taomlari bilan qatnashdilar. O‘g‘il bolalar varrak uchirish musobaqasini o‘tkazdilar. Salom bilan Shuhrat.
Xat matnidan kishilik oimoshlarini topib, ularning shaxs va sonini hamda qaysi kelishikda qo‘llanganini aytadilar.
“
IPT
Chiroyli xat egasi” mashqi o‘tkaziladi. O‘quvchilar kishilik olmoshlaridan foydalanib, o‘rtog‘i yoki do‘stiga xat yozadilar. Xatni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda yozish kerakligi aytiladi. G‘olib o‘quvchi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |