V. Darsga yakun yasash va baholash.
|
O‘quvchilarning bilimlari izohlab baholanadi.
Dars yakunlanadi,xulosa qilinadi.
VI.Uyga vazifa.. 364-mashq
129-130-darslar.
Nazorat ishi va tahlil.
131-dars
Darsning mavzusi: Fe’l-so‘z turkumi. (368-370-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: fe’l-so‘z turkumi haqida ma’lumot berish , shaxs va narsani harakatiga qarab fe’llarga to‘g‘ri savol berish malakasini shakllantirish, fe’llarni to‘g‘ri yozish, nutqda qo‘llashga o‘rgatish;
FK1: fe’l, uning so‘roqlari, gapdagi vazifasi, bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarini, fe’l zamonlari, fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi tuslanishini bilish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarda o‘z buymlarini toza, saranjom, saqlash, ularni avaylash ko‘nikmasini shakllantirish;
TK4: sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda mustaqil fikrlashga , ijodiy tafakkur salohiyatini oshirishga o‘rgatish . FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
TK2:media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish darsi.
Dars metodi: suhbat, savol- javob,“Kichik guruhlarda ishlash” metodi, “Kim chaqqon?” ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O‘qituvchi darsni quyidagicha tashkil qiladi.
Assalom, ey mening o’quvchilarim,
Kelajakda buyuk davlat quruvchilarim.
-Bugun darsga qaysi kayfiyatga keldingiz? (belilang)
-Hozir qanday dars?
Ona tili fanida qanday vazifalarni bajaramiz?
- To‘g‘ri va xatosiz, husnixat bilan yoza olish ;
- Ijodiy mustaqil fikrlay olish ;
- Nutq madaniyatini oshirishdir.
Hamma:
Tilimiz boy , tilimiz sof go‘zaldir ,
Biri maqol , biri matal , masaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |