II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi uyga berilgan vazifani o‘quvchilardan aniqlaydi, tekshirib chiqadi. Maqol o‘quvchilarga o‘qitiladi va husnixat malakasi asosida yozdiriladi.
H usnixat daqiqasi:
Tirishgan och qolmas.
|
O
IPT
‘quvchilarning kishilik olmoshlari bo‘yicha olgan bilimlarini
“Kim chaqqon?” ta’limiy o‘yini orqali tekshiradi.
-Kishilik olmoshlarini ayting.
-Kishilik olmoshlari qanday qo‘shimchalar bilan qo‘llaniladi?
-Kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan kishilik olmoshlarida bo‘ladigan tovush o‘zgarishlarini ayting.
-Kishilik olmoshlari gapda qaysi bo‘lak vazifasida keladi?Savollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi, taqdirlanadi.
I
IPT
II.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni tushuntirishda o‘qituvchi “Kichik guruhlarda ishlash” metodidan foydalanadi. O‘quvchilarni 3 guruhga bo‘linadi va nomlanadi, guruh sardorlari tayinlanadi. O‘qituvchi har bir guruhga quyidagicha topshiriq beradi.
-Chiziqchalar o‘rniga gap mazmuniga mos so‘zlarni qo‘yib yozing.
Chaqqonlar guruhi: O‘quvchilar hayvonot bog‘iga _______.( bordilar )
Ziyraklar guruhi: Vazira qiziqarli kitob _____________. ( o‘qidi )
Topqirlar guruhi: Qizlar sinf xonasini ____________. ( tozaladilar )
O‘quvchilar chiziqlar o‘rniga qo‘ygan so‘zlariga savollar berib, qaysi so‘z turkumi ekanligini aniqlaydilar. Bu so‘zlar fe’l- so‘z turkumiga kirishini va gapda ega vazifasida keladi, deb xulosa chiqaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |