Dars turi: yangi tushuncha, bilim, malaka, ko‘nikmalarni umumlashtiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, kichik guruhlarda ishlash metodi, “Zukkoo‘quvchi”ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan 387- mashq o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi.O‘ymakorlik kasbi haqida o‘quvchilardan savol-javob o‘tkaziladi. Matndan fe’llarni topib, o‘tgan zamon fe’lining qo‘shimchasi tagiga tegishlicha belgilaganlarini tekshirib chiqiladi.
H usnixat daqiqasi:
Adashganni yo‘lga solgan mard.
|
“
IPT
Zukko o‘quvchi”ta’limiy o‘yini.
Bu o‘yinda o‘qituvchi o‘quvchilarga fe’llar yozilgan tarqatmani tarqatadi. O‘quvchilar so‘zlarni qoshimchalar bilan birlashtirib, o‘tgan zamon fe’lini hosil qiladi.
So‘z
|
|
Qo‘shimchalar
|
Qirq
|
|
|
Q o‘rq
|
|
-gan
|
Bich
|
|
-kan
|
Cho‘k
|
|
-qan
|
chop
|
|
|
O‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini tekshirib, izohlab baholaydi.
III.Yangi mavzu bayoni.
3
IPT
88-mashqda o‘qituvchi berilgan qo‘shimcha bilan o‘tgan zamon fe’lini hosil qilishni va daftarlariga husnixat bilan yozish topshirig‘ini beradi.
Bu mashqni bajarishda o‘qituvchi“Kichik guruhlarda ishlash” metodidan foydalanishi mumkin.
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh uchun topshiriq beriladi va vaqt ajratiladi.
1-guruh: -gan o‘tgan zamon qo‘shimchasiga so‘zlar toping.
2-guruh: -kan o‘tgan zamon qo‘shimchasigaso‘zlar toping.
3-guruh: -qan o‘tgan zamon qo‘shimchasigaso‘zlar toping.
Guruh sardorlari doskaga chiqib, topshiriqni taqdimot qiladilar va xulosa qilinadi.
-k, -q bilan tugagan fe’lga o‘tgan zamon qo‘shimchasi qo‘shilganda, -kan, -qan tarzida yoziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
2 -topshiriq.Darslik bilan ishlash. O‘qituvchi 389-mashqning sharti bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. O‘quvchilar matnni o‘qiydilar. Nuqtalar o‘rniga qavs ichida berilgan qo‘shimchalardan mosini qo‘yadilar. Fe’llanning aytilishi va yozilishiga e’tibor beradilar.
|
“
IPT
Aqliy hujum” metodi:
Maktab o‘quvchilarining qilgan ishlariga o‘z munosabatingizni bildiring.
-O‘quvchilarningfikrlari tinglanib, matndan xulosa qilinadi. Yashil o‘simliklarimizni asrashimiz kerakligini, ular biz uchun vitaminlarga boy mevalar, toza havo yetkazib berishini aytadi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, o‘quvchilar bilimi izohlab baholanadi.
VI.Uyga vazifa..
390-mashq. Mashqni ko‘chirib yozish, o‘tgan zamon fe’li qo‘shimchasi tagiga chizish topshirig‘i beriladi.
139- dars.
Nazorat ishi.
140-dars.
Darsning mavzusi: Hozirga zamon fe’li. (391-393-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy:o‘quvchilarga hozirgi zamon fe’li, ularning so‘rog‘i va qo‘shimchalari haqida tushuncha berish; FK1: fe’l zamonlari, fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi tuslanishini, va imlosini bilishi;
tarbiyaviy:o‘quvchilarni keksalarni hurmat qilish, ularga yordam berish ruhida tarbiyalash;TK3: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish.
rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish.FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK2: darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish
Dars turi: yangi bilim beruvchi dars.
Dars metodi: savol-javob, izlanish, “Chalkash so‘zlar”,”Kim birinchi?” ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |