II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan 384- mashq o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi. “O‘qish kitobi”dan o‘tgan zamon fe’li qatnashgan to‘rtta gap yozib kelish topshirig‘i berilganiniedi.O‘quvchilar uy vazifasini o‘qiydilar va o‘tgan zamon fe’lini gapdan so‘roqlar yordamida topadilar.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini tekshirib, izohlab baholaydi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Y
IPT
angi mavzuni tushuntirishda o‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini quyidagi ko‘rgazmaga qaratadi. Ko‘rgazma asosida suhbat o‘tkazadi.
1-o‘quvchi so‘zni o‘qiydi, ek +kan o‘tgan zamon fe’li–kan qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Boshqa so‘zlar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
Namuna:
So‘z
|
-gan
|
-kan
|
-qan
|
ek
|
|
+
|
|
taq
|
|
|
+
|
bor
|
+
|
|
|
Tarqatmadan quyidagi xulosa chiqariladi.
-gan, -kan, qan o‘tgan zamon qo‘shimchasi bo‘lib, u ish – harakatning bajarilganini bildiradi.
“
IPT
Aqliy hujum “metodi:
Fe’lga qachon –gan, -kan, -qan qo‘shimchasi qo‘shiladi.
O‘quvchilar javobi tinglanib, umumlashtiriladi.
1 -topshiriq.
Darslik bilan ishlash.Darslikdagi 385-mashqni o‘qituvchi trenajyor mashqi orqali tushuntiradi. Gaplar bittadan ekranga chiqadi.
O‘quvchilar gaplarni o‘qiydilar, fe’llarni topib o‘tgan zamon qo‘shimchasini belgilaydilar. Ularning aytilishi va yozilishini taqqoslaydilar.
1. Maktab so‘zi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan.
2. Bu nihollarni bobom bilan kech kuzda ekkanmiz.
3. Tog‘da qor qalin yoqqan.
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
386-mashq.”Rahmdilning daraxti” ertagi o‘qib beriladi. O‘quvchilar rasm orqali ertakni davom ettiradilar. O‘qituvchi har bir o‘quvchining fikrini eshitib, xulosa chiqaradi. Mashqni o‘quvchilar daftarlariga yozadilar. O‘tgan zamon fe’lini aniqlab, gapdagi vazifasini aytadilar.
Ertak yuzasidan savol-javob daqiqasi o‘tkaziladi.
-Rahmdil to‘g‘ri ish qildimi?
-Uning o‘rnida siz nima qilgan bo‘lardingiz?
Ertakdan quyidagicha xulosa qilinadi.Rahmdil to‘g‘ri ish qildi. Xalqimiz yaxshilik yerda qolmaydi, deb bejiz aytishmagan. Rahmdilning mehribonligi unga yaxshilik olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |