Tushunchalar
|
Tahlili
|
Manfaat
|
foyda
|
yuzini shuvit qilmoq
|
yuzini yerga qaratmoq, uyaltirmoq
|
Darsga yakun yasash va baholash.
O‘qituvchi darsni quyidagicha yakunlaydi:
— Biz bugun Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi mavzusini o‘rgandik.Shaxs-son qo‘shimchasi o‘quvchilarga yana bir bor tushuntirilib, xulosa qilinadi.O‘quvchilar bilimi izohlab baholanadi.
VI.Uyga vazifa..
407-mashq.O‘quvchilar uyda mashqda berilgan matnni o‘qiydilar, fe’llarni topib shaxs-son qo‘shimchasini tegishlicha belgilaydilar.
146-dars.
Darsning mavzusi:Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi.
(408-410- mashqlar.)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga tuslovchi qo‘shimchalarning qo‘llanilishi, fe’llarning tuslanishi haqida ma’lumot berish;
FK1: fe’llarning talaffuzi ,fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi tuslanishini, va imlosini biladi, o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi;
tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni bilim olishga undash uchun ona-Vatanga faqat bilimli kishilarning foydasi tegishini uqtirish;
TK3: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish;
rivojlantiruvchi: she’rlarni yoddan yozish ko‘nikmasini rivojlantirish; O‘quvchilarning bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |