D
IPT
arslik bilan ishlash.408-mashq “Yod yozuv” diktanti orqali bajartiriladi. O‘quvchilar she’rni bir necha marta avval ichda, so‘ng ovoz chiqarib o‘qiydilar. Daftarlariga she’rni husnixat asosida yozadilar.
Gullarga suv tashiyman,
Qo‘lda jajji chelagim.
Charchamayman sira ham,
Juda kuchli bilagim. Ollobergan Po’lat.
O‘quvchilar she’r matnidagi ajratilgan so‘zlarga so‘roq berish yo‘li bilan turkumini aniqlaydilar. Fe’llardagi shaxs-son qo‘shimchalarini tegishlicha belgilaydilar.
Fe’lning qaysi shaxs-sonda ekanligini , bo‘lishli va bo‘lishsizligini aytadilar.
1 -topshiriq.
She’r matni ekranda namoyish etiladi. She’rni o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘qiydilar, yoddan yozishga tayyorlanadilar. Parda yopiladi. Tekshirish tugmasi bosilganda she’r matni namoyish etiladi.
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslikdagi 409-mashqda berilgan gaplarni o‘quvchilar o‘qiydilar. Nuqtalar o‘rniga shaxs-son qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiradilar..
2 -topshiriq.
409-mashq. Gaplar bittadan ekranda namoyish etiladi. Quyidagi qo‘shimchalar beriladi.Nuqtalar o‘rniga shaxs-son qo‘shimchalarini mosini qo‘yib gaplarni o‘qiydilar. Mashqdan qoida keltirib chiqiladi.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsni yakunlashda quyidagi savol-javob o‘tkaziladi.
-Nima qildi ?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi ?so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildiradi?
-Harakatni bildirgan so‘zlar qaysi so‘z turkumiga kiradi ?
-Fe’llar gapda qanday bo‘lakvazifasida keladi ?
-Fe’lning bo‘lishsizlik shakli qanday hosil bo‘ladi ?
-Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi nima deyiladi ?
O‘quvchilar javobi umumlashtiriladi va darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |