Darsning turi:o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, “BBB” metodi,”Diqqatni tekshiramiz?”ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: multimedia ilovalari,
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
H usnixat daqiqasi:
Ilm berar bizga tinmay,
Doim mehr bermoqqa shay.(O‘qituvchi)
I
IPT
I. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi uyga berilgan vazifani aniqlayda va shartiga ko‘ra tekshirib chiqadi. “Diqqatni tekshiramiz?” ta’limiy oʻyini:
O‘qituvchi o‘yin sharti bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. O‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘qituvchi o‘quvchilarga savollar beradi. O‘quvchilar to‘g‘ri javobga bir, noto‘g‘ri javobga ikki qarsak chalishadi.
Namuna:
-Fe’lda uchta zamon bor.(To‘g‘ri javob, bitta qarsak)
-Fe’l shaxs-sonda tuslanmaydi.(Noto‘g‘ri javob,ikki qarsak.)
-Hozirga zamon fe’li nima qilyapti? so‘rog‘iga javob bo‘ladi?(To‘g‘ri javob, bitta qarsak)
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu 431-mashq asosida tushuntiriladi.O‘qituvchi she’rni ifodali o‘qib beradi. O‘quvchilar she’rdan fe’l so‘z turkumini topib, fe’l yasovchi qo‘shimchani aniqlaydilar.
Salomlashib sizlashamiz,
Bir-birimiz izlashamiz. (Obid Rasul)
She’r matni ustida suhbat uyushtiriladi:
-She’r kim tomonidan aytilyapti?
-She’rdan harakatni bildirgan so‘zni toping?
- Sizlashamiz, izlashamiz fe’lining asosini ayting.(Siz, iz)
-Asosga so‘roq bering.(Siz-kim? iz-nima?)
-Siz kishilik olmoshidan sizlashamiz fe’l hosil bo‘ldi. Demak, –la fe’l yasovchi qo‘shimcha qo‘shilib, yangi so‘z hosil bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |