Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet36/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

1 -topshiriq.
Topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar uyushiq bo‘laklarni to‘lqinli chiziq bilan belgilaydi. Matn ostida bir chiziq, ikki chiziq va to‘lqinli chiziqlar beriladi.
Matnni o‘qing. Bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zlarni toping. Ularning gapdagi vazifasiga ko‘ra tegishli chiziq bilan belgilang.

Gap qanday bo‘laklardan tuziladi?
Gapda qaysi bo‘laklar bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi?
Gapning qaysi bo‘laklari uyushib kelishi mumkin?
Uyushiq bo‘laklarning qanday ahamiyati bor?
IV. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V.Uyga vazifa.
50-mashq. Matnni o‘qing va ko‘chiring. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelganini aniqlab, tagiga chizing.
1.Bog‘imizga olma, olcha, behi kabi mevali daraxtlar o‘tqazdik. 2. Quyosh, havo, tiniq suv bizning yaqin do‘stimiz. 3. Quyosh yoritadi va isitadi. 4. Bulbullarning va sa’valarning yoqimli sayrashi kishiga zavq beradi.



20


Darsning mavzusi: Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi. (54-56-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy:o‘quvchilarning uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangi bilan o‘qishga, uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchi vositalar bilan to‘g‘ri bog‘lashga, yozuvda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olishga o‘rgatish; FK1: gapda ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishini, uyushiq bo‘laklarning sanash ohangi, va, hamda, ammo, lekin, biroq so‘zlari yordamida bog‘lanishini, uyushiq bo‘laklar orasida vergulning ishlatilishini bilish;
tarbiyaviy: bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash. Ularga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini singdirish; TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling