Darslik bilan ishlash.
55-mashq. O‘quvchilarga she’riy parcha o‘qitiladi. Uyushiq bo‘laklarni topib, qanday bog‘langanini tushuntiradilar.
Maktabimiz bog‘ida
Mehnat qildik hammamiz.
Naq oltin kuz chog‘ida
Pishdi behi, olmamiz.
Qambar Ota
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
2 -topshiriq (trenajyor mashq)
Ekranda gaplar bittadan, qo‘yish uchun uyushiq bo‘laklar bilan namoyish etiladi. O‘quvchi gapga mos uyushiq bo‘laklarni nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri qo‘ysa, topishmoq tuziladi hamda keyingi topishmoq namoyish etiladi. Topishmoqning javobini topish uchun qavs ichidagi klaviaturadan foydalanish kerak bo‘ladi.
Mustaqil ish.
Berilgan gaplardagi uyushiq bo‘laklarning orasiga va, ammo, lekin so‘zlaridan mosini qo‘yib yozing.
Anvar, Islom … Tohir qushlarga in yasashdi.
Ko‘chada Lolani ko‘rdim, … gaplashmadim.
Odamlar bilan xushmuomala bo‘ling, … sergap bo‘lmang.
Mustaqil ish yuzasidan suhbatlashiladi.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
56-mashq. O‘quvchilar matnni o‘qiydilar, matnga sarlavha topib, so‘roqlar yordamida uyushiq bo‘laklarni aniqlaydilar.
21
Darsning mavzusi: Uyushiq bo‘laklarni o‘zaro bog‘lanishi. (57-59-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangi bilan o‘qishga, uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchi vositalar bilan to‘g‘ri bog‘lashga, yozuvda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olishga o‘rgatish;
FK1: gapda ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishini, uyushiq bo‘laklarning sanash ohangi, va, hamda, ammo, lekin, biroq so‘zlari yordamida bog‘lanishini, uyushiq bo‘laklar orasida vergulning ishlatilishini bilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |